www.ziyouz.com kutubxonasi
14
qilinganini so’zladilar, o’zlarining qazolari yaqinlashayotganini aytib, xaloyiqqa va’z-
nasihatlar qildilar.
- Muhammad alayhissalom necha yoshda qazo qildilar? - Madinai Munavvarada o’n yil turgandan so’ng oltmish uch yoshlarida milodiy 632
sanada, hijriy 11 sananing 12 rabiul-avvalida, dushanba kuni baqoga safar qildilar.
- Ul zotning qabrlari qaerda? - Madinai Munavvara shahrida, Masjidi nabaviyning ichida maxsus bir gumbazning
ostida. Hojilar Ravzai mutaharraga ziyoratga kelib ketadilar.
Muhammad alayhissalomning mo’jizalari - Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham mo’’jizalar ko’rsatganmilar? - Ha. «Siyari nabiy» va «Tavorixi anbiyo» kitoblarida bu haqda ko’p bayon qilingan.
Birinchisi, kofirlar u kishini sinamoq uchun mo’’jiza so’rashganida, oyni ikki bo’lakka
bo’lib ko’rsatganlar. Oyning bir bo’lagi tog’ning bir tomonida, ikkinchi bo’lagi boshqa
tomonida ko’ringan. Ikkinchisi, Muhammad alayhissalom Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan
Makkadan Madinaga kelganlarida Abu Ayyub Ansoriy ikki kishilik taom keltirganlar.
O’shanda Muhammad alayhissalom Abu Ayyubga Madina shahri ulug’larini majlisga
chaqirishni buyurganlar. Bir yuz sakson kishi yig’ilgan va hammalari taomni tanovul qila
boshlaganlar. Ammo mo’’jiza tufayli taom sira kamaymagan. Uchinchisi, Hudaybiya
sahrosida urush payti sahobalar tashna bo’lishadi. Shunda Rasuli akram alayhissalom
duo bilan suv chiqaradilar. Jami askarlar to’yib suv ichadilar. To’rtinchisi, yana o’shanday
holatlarning birida Rasuli akram alayhissalom yarim kosa suvga barmoqlarini soladilar va
kosaga suv to’lib, yetmish-sakson kishi u suvdan ichadilar. Beshinchisi, Nabiy
alayhissalom uch yuz kishilik majlis chaqiradilar. Bir kichik laganda xurmo qo’yadilar,
majlis ahli xurmodan qancha tanovul qilsa ham hech tugamagan. Oltinchisi, Muhammad
alayhissalomning oldilariga bir yahudiy ayol zaharlangan go’sht keltirganida, go’sht:
«Men zaharlanganman», degan ekan. Yettinchisi, bir bo’ri, echki va tuya
Payg’ambarimizning mo’’jizalari tufayli tilga kirgan. Sakkizinchisi, bir kishi: «Payg’ambar
ekanligingizga guvohingiz bormi?» deb so’raganida, bir daraxt Rasul alayhissalomning
yonlariga kelib shahodat kalimasini aytgan va qaytib joyiga borib turgan. To’qqizinchisi,
Xandaqda urush payti bir dona arpa noniga baraka kelib, ming kishi to’ygan. O’ninchisi,
Hunayn urushida Rasul alayhissalom dushman qo’shiniga bir hovuch tuproq
sepganlarida, ularning ko’zlariga tuproq to’lib, mag’lublikka giriftor bo’lgan edi. O’n
birinchisi, ul zot tasbeh o’girganlarida, tasbeh toshlaridan «Subhanalloh», degan ovoz
eshitilgan. O’n ikkinchisi, Muhammad alayhissalom qarindoshlarining xayr-duolarini qilib
turganlarida, uyning devorlaridan «Omin» degan ovoz eshitilgan. O’n uchinchisi,
Muhammad alayhissalom juma kuni suyanib xutba o’qiydiganlari xurmo yog’ochidan
ayrilganlarida, u yog’och ustun g’amgin yig’i ovozi chiqargan. O’n to’rtinchisi,
Muhammad alayhissalomning eng katta mo’’jizalari - Qur’oni karimdir.
- Muhammad alayhissalomning ota-bobolari kimlar? - Otalari Abdulloh, uning otasi Abdulmuttolib, uning otasi Hoshim, uning otasi
Abdumannofdir. Onalari Omina Vahob ismli kishining qizidir.
- Muhammad alayhissalomning dastlabki xotinlari kim? - Hazrati Xadichai Kubro roziallohu anhodir.
- Muhammad alayhissalomning farzandlari nechta edi? - Uch o’g’il, to’rt qizlari bo’lgan. O’g’illari Qosim, Ibrohim, Abdulloh; qizlari Ruqiya,
Zaynab, Ummukulsum, Fotimadir.