Microsoft Word ibodati islomiya ziyouz com doc



Yüklə 307,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/93
tarix14.10.2023
ölçüsü307,84 Kb.
#155265
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Gunohkorlar
- Islom diniga e’tiqod qo’ygan va lekin o’zini tuta olmay, gunoh qilgan kishilar 
musulmonlikdan chiqadimi yoki yo’qmi?
- Chiqmaydi. Ammo fosiq va gunohkor bo’ladi. 
- Gunohkorlar do’zax azobidan saqlanishi ehtimoli bormi?
- Alloh taolo kechirgan ba’zi bandalar do’zaxga emas, jannatga kirishi mumkin. 
- Alloh ba’zi gunohlarni kechiradimi?
- Agar xohlasa. 
- Alloh qaysi gunohlarni kechiradi?
- Har qanday gunohni kechirish Allohning ixtiyoridadir. Alloh odildir. Yana chin ixlos bilan 
tavba qilgan kishilarning gunohidan kechishga Alloh va’da qilgan. 
- Bevaqt vafoti tufayli tavba qilolmay o’tgan mo’minlarning gunohlari kechirilishi 
mumkinmi?
- Payg’ambarlarning va boshqa solih kishilarning shafoatlari sabab bo’lib ko’p 
kishilarning gunohi kechirilishi mumkin. Farz va vojib amallarini qilgandan so’ng sunnat 
amallarini qilgan kishilarni Muhammad alayhissalom shafoat qiladilar. 
- Payg’ambarlarning va boshqa solih kishilarning shafoatlaridan mahrum bo’lgan 
gunohkor kishilarning ham gunohi kechiriladimi?
- Alloh kechirguvchi. Marhamat ul Zotning o’zidan. Ammo Allohning marhamatiga 
tayanib gunoh qilmoq joiz emas. Chunki Alloh qahrli hamdir. 
 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Hazrati Odam (a.s.) va Havvo
- Dunyoda eng avval kim yaratilgandir?
- Otamiz Odam (a.s.) va onamiz hazrati Havvolar. Ular jamiki odamzotning ota-
onalaridir. 
Muhammad alayhissolatu vasallam
- Muhammad alayhissalom qachon dunyoga kelganlar?
- Milodiy tarixning 570 yili 27 savrda, 12 rabiul-avvalning dushanba kuni dunyoga 
kelganlar. 
- Muhammad alayhissalom qaerda dunyoga kelganlar?
- Osiyoda. Arabistonning Makka nomli shahrida dunyoga kelganlar. Ellik uch yoshgacha 
Makkai Mukarramada, oxirgi o’n yil Madina shahrida yashaganlar. 
- Ul zot necha yoshlarida payg’ambar etib saylandilar?
- Qirq yoshlarida. 
- Ungacha umrlari qay holda kechdi?
- U zot yoshliklaridanoq aqlli, farosatli va diyonatli kishi edilar. U kishini butun Makka 
ahli izzat qilardi. Sevib «Muhammad al-Amin» (ishonchli Muhammad), derdi. 
- Payg’ambar bo’lgunlaricha mashg’ulotlari nima edi?
- Xadicha ismli boy savdogar ayolning savdogarlik ishlariga mutasaddi edilar. Yigirma 
besh yoshlarida hazrati Xadichaga uylandilar. 
- Hazrati Xadicha u paytda necha yoshda edi?
- Qirq yoshda. 
- Islomgacha Arabiston ahli qaysi dinda edi?
- Ko’pchilik butparast va majusiy, ba’zilar yahudiy va nasroniy dinida edilar. Ba’zilari 
o’zlarini Ibrohim alayhissalom dinida hisoblab, uning millatidanmiz, deb aytar edilar. 
- Muhammad alayhissalomning payg’ambarliklari qanday boshlangan

- Muhammad alayhissalom qirq yoshlarida dunyo ishlarini tark qildilar. Aqlu e’tiqod bilan 
Alloh taolo borligini bildilar va Makkai Mukarramaning chetidagi Hiro tog’ida g’orga borib, 
Allohga ibodat qildilar. Bir kuni o’sha tog’da o’tirganlarida farishta Jabroil kelib «Iqro» 
surasini o’qidi. Yana bir kelganlarida Alloh taolo u zotni payg’ambar etib tayinlaganini va 
odamlarni Islom diniga da’vat qilmog’i uchun elchi etib saylaganini so’zladi. 
- So’ng nima bo’ldi?
- So’ng Allohning rasuli xaloyiqni Islom diniga taklif qila boshladilar. 
- Dastlab kimlar imon keltirdi?
- Hazrati Abu Bakr Siddiq, xotinlardan Xadichai Kubro, yosh bolalardan hazrati Ali. 
- Payg’ambar bo’lganlaridan so’ng Makkai Mukarramada necha yil turganlar?
- O’n uch yil. So’ng Allohning amri bilan Madina shahriga hijrat qilganlar. U zot bilan 
birga musulmonlar ham hijrat qilishdi. Biz Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga 
hijrat qilganlaridan boshlab hijriy tarix, deb hisob yuritamiz. 
- Allohning rasuli Madinada bo’lgan vaqtlarida qaysi ishlar yuzaga keldi?
- Shahar aholisi islomiy hukm asosida umr kechira boshladi va imonsiz xalqlarni Islomga 
kirgizmoq va Islom davlati yaratmoq uchun kurashdi. Kofirlarga qarshi janglar bo’ldi. 8-
hijriy sanada Makka ham musulmonlar qo’liga o’tdi. 10-sanada barcha musulmon ahli 
Makkai Mukarramaga hajga bordi. Ushbu haj vaqtida Alloh taolodan Kalomi sharifning 
so’nggi oyatlari nozil bo’ldi. Muhammad alayhissalom u oyatlarni aytib Alloh taoloning 
kalomi – Qur’on nihoyasiga yetganini va Islom dinining hukmlari butunlay bayon 


Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy 

Yüklə 307,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin