Ibodati islomiya.
Ahmad Hodiy Maqsudiy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
17
hadislarni to’liq o’zlariga singdirgandirlar.
- Ushbu imomlardan qaysi birining mazhabi haq?
- Har bir masalada imom A’zam rahmatullohi alayh mazhabi haqdir. Boshqalarnikida
ba’zan xato ko’rinadi. Lekin zohiran xato deyilsa-da, haq bo’lishi ham mumkin.
- Bizlar amalda ushbu mazhablarning qaysisidamiz?
- Imom A’zam Abu Hanifa hazratlarining shariat va tariqat hukmlariga bo’ysunamiz.
- Imom Shofe’iy, imom Molik va imom Ahmad ibn Hanbal mazhablarida ham tarafdorlar
bormi?
- Bor. Musulmonlarning ko’prog’i imom A’zam mazhabidadirlar.
- Imom A’zamdan boshqa uch imomning mazhabidagilar ham to’la musulmonmi?
- Ha, to’la musulmondirlar. Har mazhabning ahli ikkinchi mazhabning ahlini do’st
bilishi
lozim.
- Ushbu imomlarning hayot tarixi qanday?
- Imom A’zam Abu Hanifa hazratlari hijriy 80 sanada tug’ilib, 150 sanada 70 yoshda
vafot etganlar. Imom Shofe’iy hazratlari 150 sanada tug’ilib, 204 sanada 54 yoshda
vafot etganlar. Imom Molik hazratlari 90 sanada tug’ilib, 179 sanada 89
yoshda vafot
etganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal hazratlari 164 sanada tug’ilib, 241 sanada 77 yoshda
vafot etganlar.
Ibodati islomiya. Ahmad Hodiy Maqsudiy
Dostları ilə paylaş: