www.ziyouz.com kutubxonasi
103
qalbdan qo‘rquv, qayg‘urish, o‘lim va qiyomat qo‘rqinchlarini eslash chiqib ketadi. Bu esa
qalbning o‘limidir. Alloh taolo aytadi:
«Hayoti dunyoning o‘zigagina rozi bo‘lib, faqat o‘sha bilan xotirlari jam bo‘lgan kimsalar - ana o‘shalarning joylari kasb qilib o‘tgan gunohlari sababli do‘zaxdir» (Yunus surasi, 7-8-oyatlar).
Yana Alloh taolo aytadi:
«Bu hayoti dunyo oxirat oldida faqat bir arzimas matodir» (Ra’d surasi, 26-oyat).
Yana Alloh taolo aytadi:
«Bilinglarki, bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgi, zeb-ziynat, o‘rtalaringizdagi o‘zaro maqtanish va molu dunyo hamda farzandlarni ko‘paytirishdir, xolos» (Hadid surasi, 20-oyat).
Mana shularning hammasi dunyoni yomonlashdir. Alloh taolodan dunyodan salomat
qilishni so‘raymiz.
Qalb arboblaridan (ya’ni, qalbi ochiq kishilardan) o‘ta ehtiyotkorlari xursand hollarida
qalblarini dunyoviy oldi-berdi bilan sinab ko‘rishgan va shunda qalblarini qoraygan,
nafratga loyiq, Alloh zikridan va qiyomat zikridan ta’sirlanishda sust holda topishgan.
Yana qalblarini qayg‘uli hollarda ham sinab ko‘rishgan va uni yumshoq, muloyim, sof,
zikr ta’sirini qabul qiluvchi holda topishgan. Shunda najot topish doimiy qayg‘uda,
xursandchilik va takabburlik sabablaridan uzoq bo‘lishda ekanini bilishdi. Va qalblarini
lazzat o‘rinlaridan ajratib olishdi, qalblarini shahvatlarning halolidan ham, haromidan
ham sabr qilishga odatlantirishdi. Uning haloliga hisob, haromiga iqob, shubhalariga esa
itob borligini ham bilishdi. Itob ham azobning bir turidir.
Kimning qiyomat kunida hisob-kitobi qattiq qilinsa, u azoblanibdi. Qalb arboblari esa
o‘zlarini qiyomat azobidan qutqarishdi va shahvatlarga asir, qullikdan xalos bo‘lishdi.
Alloh zikriga ulfat, Uning toati bilan mashg‘ul bo‘lib, haqiqiy hurlikka, dunyo va
oxiratdagi doimiy podshohlikka yetishdi.
Burgutni vahshiylikdan itoatga, odobli bo‘lishga o‘rgatish uchun tarbiyalashga qasd
qilinganida nima lozim bo‘lsa, qalblariga ham shunday muomala qilishdi. Burgut avval
qorong‘u uyga qamab qo‘yiladi, ko‘zi ham to‘sib qo‘yiladi. Shunda u havoda uchishdan
mahrum bo‘ladi. Va ozodlikda tabiatan o‘rganib qolgan narsalarini unutadi. So‘ng unga
go‘sht berish bilan mehribonlik ko‘rsatiladi. Hatto egasiga o‘rganib qoladi. Bu shu
darajaga yetadiki, agar uni chaqirsa, ovozini eshitgan vaqtida darhol oldiga keladi.
Nafs ham shunga o‘xshashdir. Avvalo uning qulog‘i va ko‘zini odatda o‘rganib qolgan
narsalaridan to‘sish uchun yolg‘izlik, uzlat bilan ajratilsagina, egasiga va uning gapiga
o‘rganadi. So‘ngra unga Allohga sano aytish, zikr, keyin xilvat joyda duo qilish
odatlantiriladi. Mana shunda dunyoga va boshqa shahvatlarga ulfatlik o‘rniga Alloh azza
va jallaning zikriga ulfat bo‘lish qalbga g‘olib keladi. Bu holat dastlabki vaqtlarda
shogirdlarga og‘ir tuyuladi, keyinroq u bilan lazzatlanadigan bo‘lib qolishadi.
Bu ko‘krakdan ajratilgan go‘dakka o‘xshashdir. Bu holat go‘dakka qiyin. Chunki u bir
soat ham undan ajramagan. Shuning uchun ko‘krakdan ajratilgan vaqtda uning yig‘isi va
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy