Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
o‘xshaydi. U yo‘lni faqat aql ko‘zi va yorituvchi quyoshning chiqishi bilan bilishi mumkin. 
Bu yerdagi aql ko‘zi taqvo bilan musaffo qilingan qalbdir. Yorituvchi quyosh esa Alloh 
taolo kitobidan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridan istifoda qilib 
olingan, qay biridan borilishi noma’lum bo‘lgan yo‘llarni aniqlab beradigan mukammal 
ilmdir. Agar musaffo qalb va mukammal ilm bo‘lmasa, shaytonning yo‘llari ko‘p va 
xufyonadir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam bir kuni bir chiziq chizdilar va: «Bu Allohning yo‘li», dedilar. So‘ngra chiziqning 
o‘ng va chap tomonlariga bir necha chiziqlarni chizdilar. Keyin: «Bu yo‘llarning har birida 
unga chaqirib turadigan shayton bor», dedilar (Nasaiy rivoyati, sanadi sahih). So‘ngra 
tilovat qildilar: 
«Albatta mana shu Meningto‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! 
(Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar» 
(An’om surasi, 153-oyat). (Bunda ana shu chizilgan chiziqlar nazarda tutilyapti.) 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaytonning yo‘li ko‘pligini bayon qilib berdilar». 
Darhaqiqat, shaytonning yo‘llaridan xufyonalari uchun bir necha misollarni zikr qildik. U 
ulamolar va shahvatlariga hukmlarini o‘tkaza oladigan, zohiriy gunohlardan o‘zlarini tiya 
oladiganlar aldanib qoladigan yo‘ldir. Endi shaytonning maxfiy bo‘lmagan, ochiq, lekin 
odamni undan yurishga majbur qiladigan yo‘li uchun ham bir misol keltiraylik. Bunda 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan hadislarni zikr etamiz. U zot sollallohu 
alayhi vasallam aytdilar: «Bani Isroil qavmida bir rohib bo‘lgan edi. Shayton bir qizning 
oldiga borib, uni bo‘g‘di. U qizning davosi rohib huzuridaligini qizning yaqinlari qalbiga 
soldi. Qizni rohib oldiga olib borishdi. U qizni qabul qilishdan bosh tortdi. Lekin ular 
ibodatgo‘y rohibga yalinib turib olishdi. Shunda uni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Uni 
davolash uchun oldiga borganida shayton kelib, qizga yaqinlik qilishni chiroyli ko‘rsatdi. 
Oxiri u bilan jinsiy aloqada bo‘ldi. U qiz rohibdan homilador bo‘ldi. Obidga shayton 
vasvasa qilib: «Endi sharmanda bo‘lasan, hozir oldingga qizning yaqinlari keladi. Bas, 
qizni o‘ldir, agar sendan so‘rashsa, o‘zi o‘lib qoldi, deb aytgin», dedi. 
Rohib qizni o‘ldirib, dafn qildi. Shayton esa uning ahli oldiga borib, rohib qizni homilador 
qilib, keyin o‘ldirganini va dafn etganini ularning qalblariga vasvasa qildi. Rohibning 
oldiga qizning oilasi kelib qizlari haqida so‘rashdi. U: «Qiz o‘lib qoldi», dedi. Shunda ular 
rohibni o‘ldirish uchun ushlashdi. Uning oldiga shayton kelib: «Qizni bo‘g‘ib kasal qilgan 
ham men, uning oilasi qalbiga (senga olib kelishni) solgan ham men, menga itoat qil, 
najot topasan. Ulardan seni xalos qilaman», dedi. Shunda rohib: «Nima narsa bilan 
(senga itoat qilay)?» dedi. Shayton: «Menga ikki bor sajda qil», dedi. Bas, rohib uning 
uchun ikki bor sajda qildi. Unga shayton: «Men sendan bezorman», dedi» (Ibn Abud-
Dunyo rivoyati).
Alloh taolo aytadi: 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin