malaul a’lo – farishtalar.
maqomi mahmud - maqtalgan maqom. Bu haqda Isro surasining 79-oyatida aytiladi:
"Kechaning bir qismida uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat)
bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida)
maqtovli (ya’ni gunohkor ummatlaringizni
shafoat qilib oqlaydigan)
maqomda tiriltirur" . Aksar ulamo “maqomi mahmud”ni shafoat maqomi
deb ta’vil qilishgan.
munojot - Alloh bilan sirlashuv.
muqarrabun - yaqin qilinguvchilar, ya’ni bu dunyoda doimo yaxshi amalga peshqadam bo‘lib,
jannatda Alloh taologa yaqin qilinguvchilar.
muqoyasa - bir narsani boshqa narsaga solishtirish.
musofot - o‘zaro mehr-muhabbat.
mussabbibul asbob - sabablar Sababchisi, ya’ni sabablarni yaratuvchi Zot. Sabablar ko‘p,
olamdagi barcha narsalar sababdir. Sababchi esa yakkayu yolg‘iz Alloh taolodir.
muvolot - samimiy do‘stlik.
nafs - jon, ruh (nafsning turlari haqida yuqorida aytildi).
qasd - maqsad
rahmat - rahm. Rahm — Alloh taoloning bandalarga ato etgan ne’mati, xayri.
raziyAllohu anhu - «Alloh undan rozi bo‘lsin» degan ma’nodagi duo. Sahobalarga nisbatan
ishlatiladi.
rutba - biron ishning amalga oshishi uchun lozim bo‘lgan asos
sollAllohu alayhi va sallam - unga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin. Payg‘ambarimiz
Muhammad alay hissalomning nomlari zikr qilinganida, salavot aytish Qur’on va hadis bilan sobit
bo‘ltan: «Albatta Alloh ham, uning farishtalari ham Payg‘ambarga duoyu salavotlar ayturlar: “