Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc


isror - yomonlik va gunohdan qaytmaslik



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

isror
- yomonlik va gunohdan qaytmaslik. 
 
istihlol
- biron narsani halol deb hisoblash; halollashni so‘rash. Masalan, g‘iybat sababli qalb 
kirlandi — haromga botdi. Endi bu haromdan halol hududiga o‘tish — poklanishning yagona yo‘li 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
71
zolimning mazlumdan kechirim so‘rashidir.
 
ixtiyor
- irodaning har xil o‘y-fikrlar taraddudidan keyingi to‘xtami. 
 
kafforat - g
unohning mag‘firat qilinishiga sabab bo‘luvchi amal. Har qanday gunohning ziddi 
o‘sha gunohga kafforat bo‘lishi mumkin. Muhimi, zidlik darajasini to‘g‘ri va aniq belgilashda. Masalan, 
yolg‘on so‘zning ziddi - rost so‘z. Bu ikki tushunchaning zidlik darajasi birbiriga to‘la muvofiq. Shuning 
uchun yolg‘onning kafforati faqat rostlikdir.
 
karramallohu vajhahu - 
Alloh uning yuzini muborak qilsin. Aliy roziyallohu anhuniig nomlari shu 
duo bilan sifatlanadi.
 
ma’rifat
- Allohni tanimoq. «Tanimoq» fe’li «bilmoq» dan ko‘ra kengroq, «bilmoq» fe’li esa 
«tanimoq» dan chuqurroqdir. Shuning uchun hech qachon «Ollohni bildim» deyilmaydi.
 
ma’siyat
- bu so‘zning o‘zak ma’nosi “itoatsizlik qilmoq”, “buyruqqa xilof ish tutmoq”. Agar bu 
harakat nohaqlikka emas, haqqa nisbatan qaratilsa, «gunoh» deyiladi. «Ma’siyat» ayni shu 
ma’nodadir. «Isyon» so‘zi ham «ma’siyat» bilan o‘zakdosh bo‘lib, aksar holda Haqqa itoatsizlikni 
ifodalaydi.
 
ma’sum
- bu sifat payg‘ambarlarga xos bo‘lib, "gunohlardan" qo‘rilgan, himoya qilingan, Alloh 
taoloning o‘zi gunohlardan saqlagan» degan ma’nodadir.
 
majlis 
- o‘tiriladigan joy. Ko‘pincha bu so‘z ma’lum joyda yig‘ilgan toifaning suhbatiga ishoratan 
«majlis qurdik», ya’ni «suhbatlashdik» ma’no sida ishlatiladi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin