fosid - buzg‘unchi.
fosiq - shariat chegarasidan chiquvchi.
g‘aiimat - o‘lja
habib - sevilgan, yaxshi ko‘rilgan zot. Habibulloh—Muhammad alayhissalomning sifatlari
hol - vaqt e’tibori bilan «hozir». Bandaning hozirgi, ayni paytdagi manzili. Aytiladiki, hol — u
holatdan bu holatga o‘tish, qalbning o‘zgarib tu'rishidir. Yana aytiladi, hol zoyil bo‘lmaydi, agar zoyil
bo‘lsa, u hol emas.
ilg‘amoq - o‘ta hushyorlik va noziklik ila hosil bo‘ladigan hislat, anglashning dastlabki bosqichi.
«Payqamoq» ham «ilg‘amoq» fe’liga ma’nodosh. ammo «payqamoq» moddiy hodisalarga,
«ilg‘amoq» ma’naviy hodisalarga nisbatan qo‘llanadi.
ilm bilmoq - anglamoq. Matnda ko‘proq «anglamoq» ma’nosida berildi.
i
roda - maqsadni amalga oshirish uchun bo‘lgan kuchli istak; ixtiyor, qat’iyat.
isroiliyyot - muqaddam o‘tgan xalqlar va ularning payg‘ambarlari xususida yahudiy va
nasroniylardan olingan rivoyatlar. Ulamolar isroiliyyotni uch qismga ajratishadi:
1) maqbul xabarlar — Rasulullohdan sahih naql orqali to‘g‘riligi varid bo‘lgan. Masalan, Xizr
alayhissalomning nomlari. Bu haqda sahih hadis mavjud;
2) maskutun anhu — u haqda sukut qilingan xabarlar. Ya’ni, to‘g‘riligi yoki yolg‘onligi noma’lum
xabarlar. Bunday isroiliyyotni ibrat sifatida hikoya qilish mumkin. Lekin uni tasdiqlamaymiz va
yolg‘onga ham chiqarmaymiz. Payg‘ambar alayhis salomning ushbu amriga muvofiq:
"Ahli kitobni tasdiqlamanglar va yolg‘onchiga ham chiqarmanglar. (Balki) Allohga va bizlarga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, denglar" ;
3) marfuz — inkor qiliigan xabarlar. Ya’ni shariatimizga zid va aqlga xilofligi ayon xabarlar.
Bunday isroiliyyotni tasdiqlash, qabul qilish, rivoyat etish durust emas.