Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
68
to‘la ekanini anglab yetolmaydilar. 
Tavbani kechiktiruvchilarni shunga o‘xshatish mumkin: Bir kishi daraxtni ildizi bilan qo‘porib 
olishi lozim edi. Ko‘rdiki, daraxt osonlikcha sug‘urilmaydi, buning uchun ko‘p mashaqqat sarflash 
kerak. Shunda u: "Kel shuni yanagi yil sug‘ura qolay", deb bu ishni keyingi yilga qoldirdi. Keyingi yil 
kelib ko‘rdiki, daraxt oldingidan ham baquvvat. Shunday qilib, bu daraxt yildan-yilga mustahkam bo‘la 
bordi. U odam esa umr o‘tgan sayin zaiflashib, quvvatdan qoldi. 
Dunyoda bu odamning ahmoqligidan kattaroq ahmoqlik bormi? Quvvati borida zaif narsaga 
qarshi turmadi. O’zini doimo kuchli, u narsani esa zaifligicha qoladi, degan gumonda bo‘ldi. Oqibat, 
o‘ylaganining aksi bo‘lib chikdi, zaif kuchga kirib, uni mag‘lub etdi.
Alloh taoloning kechirishiga muntazir bo‘lib qolgan kishining misoli, barcha mol-dunyosini infoq 
qilib, o‘zi va oilasini qashshoqlik girdobiga tashlagan, agar biror xarobadan xazina topsa, shu bilan 
Alloh ularni rizqlantirishlik kutyotgan odamga o‘xshaydi. Demak, xarobadan xazina topish imkoni 
qanchalik bo‘lsa, avfga suyanib qolgan kishining kechirilish imkoni hm shunchalikdir. Bamisoli, tunda 
shaharni qaroqchilar bosishini kutib, butun boyligini hovli sahnida qoldirgan odam kabi bo‘lgan bir 
noma’lum kishiga ishonyapsiz? Oxirat kuniga, yaxshi amallarga savob, yomon amallarga jazo 
berilishiga ishongan odamnigina oqil deyish mumkin. Agar siz yolg’onchiga chiqargan payg‘ambarlar 
haqgo‘y bo‘lib chiqsa, siz mana shu o‘tkinchi, kir dunyoning shahvatlaridan boshqa narsani 
yo‘qotmaysiz". 
Bunday fikrlash, agar fikrlovchi oqil bo‘lsa, shubhalarni ketkazishga kifoya. Negaki, abadiyatga 
nisbatan umr hech narsa. Agar dunyo donga to‘ldirilsa, bir qush millyon yilda bir dona yesa, vaqti 
kelib, bu donlar yo‘qoladi, lekin abadiyatdan hech narsa kamaymaydi. 
Shunday ekan, nega oqil kishi abadiy saodat uchun shahvatdan nari borsa, yuz yil tiyilmasin! 
Shuning uchun Abu Alo Ahmad ibn Sulaymon Tanuhiy Maarri deydi: 
Men dedim: o‘lgandan so‘ng tirilish bor,
Munajjimu tabiblar qildi inkor.
So‘zingiz rost bo‘lsa, menga ne zarar,
Mep haq bo‘lsam, sizning holipgiz dushvor.
Alloh rozi bo‘lsin, Hazrati Ali bu masalaning mohiyatini fahmlashdan aqli ojizlik qilib, shubhaga 
borgan bir kishiga dedi: "Agar sening aytganing rost bo‘lsa, hammamiz xalos bo‘lamiz. Agar aksi 
bo‘lsa, men xalos bo‘laman, sen halok bo‘lasan!" 
Oqil kishi barcha holatda xavfsiz yo‘lni tanlaydi. 
Agar: 
"Bu xususda fikrlashni tark etgan, bu ish ularga og‘ir kelgan qalb egalarining axvoli 
qandoq bo‘ladi? Bu qalb egalarini, ayniqsa, shariatning asliga va uning tafsilotlariga iymon keltirgan 
kishilarni mana shunday fikrlashga qaytarish uchun iima qilish kerak?" 
deb so‘rasang, aytay. Bilgilki, 
insonni bunday xatodan ikki narsa to‘sadi: 
Birinchisi, 
foydali fikr. Bu oxirat azobi, uniig shiddati va dahshatlari, abadiy ne’matdan mahrum 
bo‘lgan osiylarning hasratlari haqidagi fikrdir. Qalb undan qochadi. Qalb o‘yin-kulgu va huzur-
halovatni yanada ziyoda qilish uchun dunyo ishlari xususida fikrlashdan lazzat oladi. 
Ikkinchisi, 
tafakkurning dunyo lazzatlari va shahvatlarga bo‘ysunishdan to‘suvchi mashg‘ulot 
ekanidir. Inson borki, har bir holatida, har olgan nafasida shahvatga qullik qiladi. Aql ham shahvat 
izmida. Aql hiyla tadbiri bilan band, har xil hiyla bilan shahvatni yuzaga chiqarib lazzat oladi. Fikr esa 
uni bundan man’ etadi. 
Bu ikkala fikrdan to‘suvchi illatlarning muolajasi qanday bo‘ladi? Avvalombor, qalbga o‘lim va 
undan keyingi narsalar haqida fikrlashdan to‘sish nodonlik ekanini anglatmoq lozim. U o‘lim xavfini 
arzimas sanayapti-yu, lekin uni xotirlashdan qo‘rqyapti. O’lim va undan keyingi holatlar tasavvuriga 
dosh berolmayapti-yu, qanday qilib o‘lim kelganida, uning shafqatsizliklariga chidasin? 
Fikr dunyo lazzatlarini ketkazishga majbur qiladi va oxirat lazzatlarini boy berish juda katta 
yo‘qotish ekanini anglatadi. Chunki, oxirat lazzatining so‘nggi yo‘q, unda kudurat yo‘q, soflik bor. 
Dunyoning o‘tkinchi lazzatlari esa tiniqlikka begona, g‘am va g‘ashlikka qorilgan quyqadir. 
Gunohlardan tavba etib, toatga yuzlanmoq, Alloh taologa murojaaat qilib, lazzat topmoq, 
Allohning ma’rifati va unsiyati bilan rohatlanmoq naqadar go‘zal! Allohga toat etuvchi inson amaliga 
mukofot sifatida ibodat halovatini, Allohga qilayotgan munojoti orqali yakka-yu yagona Do‘stini topadi. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin