Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
67
bo‘ladimi! Axir u, tibbiyotning asli nari tursin, hatto sovuq suvning betob kishiga zarar yetkazishini 
ham inkor qilmayapti-ku? Nachora, banda shahvati g‘olib kelib, shundoq yonida turgan muzdek 
suvdan ichib qo‘yadi, sal keyinroq yuzaga chiqadigan oqibatlarga o‘sha paytda parvo qilmaydi. 
Uchinchisi, 
inson tabiatida "hali uzoq yashayman, umrim davomida tavbaga ulguraman" degan 
orzu-xayolning mavjudligidir. 
Gunohkor mo‘min ko‘pincha gunohdan tavba qilishga, yomonliklarni yaxshi amallar bilan 
yuvishga azm etadi. Chunki, u tavba tufayli gunohlarning kechirilishi Alloh tarafidan va’da 
qilishganidan xabardor. Lekin tabiatidagi "tavbaga ulguraman", degan ishonch uni aldab qo‘yadi, 
tavbani kechiktirishiga sabab bo‘ladi. Iymon bilan tavbani umid qilaturib, gunohga yo‘naladi. 
To‘rtiinchisi, 
gunohlari avf etilishiga ishonib qolish. 
Haqiqiy mo‘min doimo gunohlarga beriladigan jazoning afvga aylanib ketishi mumkiiligiga 
ishonadi. Shunga ko‘ra, u gunoh qilar ekan, Alloh taoloning fazliga suyangan holda ulug‘ va har ishga 
qodir Zot tarafidan bo‘ladigan avfga ko‘z tikadi. 
Demak, iymonli bo‘laturib, gunohni davomli qilaverishning to‘rtta sababi mana shulardir. 
Ha, gunohkor ba’zan 
beshinchi sabab 
tufayli ham iymon asosiga zarar yetkazadi. Bu sabab 
payg‘ambarlarning rostgo‘y bo‘lganlariga shubha bilai qarash. Alloh asrasin, bu ish kufrdir. Bamisoli, 
tabib bemorni zararli narsalarni iste’mol qilishdan ogohlantirsa-yu, bemor bu ogohlantiruvchining tib 
olimi ekaniga ishonmasdan, u haqda shubhaga borsa, bu harakat bemorning tabibga nisbatan kufri 
deb e’tibor qilinishi ayon. 
Gunohga undaydigan beshinchi sababning muolajasi qanday bo‘ladi, deb so‘ralsa, buning 
davosi fikrdir. Ya’ni o‘limning oyoq kiyimi bog‘ichidan-da yaqinroq ekani haqida fikrlasak, jazo 
kunlning uzoq emasligini his etamiz. Ogoh bo‘l, qiyomat soati yaqin! Nafs esa tinimsiz dunyo ketidan 
chopmoqda, kunlar zoe’ ketmoqda. Bugun g‘amlamasam, ertaga och qolaman degan xavf bilan 
dengizlar osha suzib, zahmat chekmoqda. Arzimas foydani ko‘zlab, bebaho, boqiy ganjni boy 
bermoqda. Agar bitta nasroniy tabib bemorga sovuq suv ichishning zararli ekanini, hatto bu ish 
o‘limga ham sababchi bo‘lishini aytsa, sovuq suvni qanchalik yaxshi ko‘rmasin, bemor uni ichmaydi. 
Zotan, inson o‘limdan keypigi narsalardan qo‘rqmas ekan, o‘lim paytidagi alam bir lahzadir. Inson, 
albatta bir kun dunyodan o‘tadi. Ajabo! Insonning dunyoda mavjud bo‘lish muddati uning azalu abad 
yo‘qolishiga nisbatan nima degan gap?! Qara, tabibligini biron mo‘jiza bilan isbotlamagan zimmiyning 
(musulmonlar himoyasida bo‘lgan g‘ayrimuslim) gapi bilan inson eng lazzatli narsalarni qanday tark 
qilayotganini ko‘rmaysanmi! 
Buni anglagan inson, shoyad o‘ziga o‘zi desa: "Alloh bergan mo‘jizalar bilan quvvatlangan 
payg‘ambarlarning so‘zi tabiblikni da’vo qilayotgan, aslida, tabibligiga avom xalqdan boshqa guvohi 
bo‘lmagan nasroniyning so‘zidan past bo‘lishi mumkinmi? Nahotki, shunga ham aqlim yetmagan 
bo‘lsa?! Do‘zax azobi bu dunyodagi xastalik azobidan qanday yengil bo‘lishi mumkin? Axir, oxiratning 
bir kuni bu dunyoning ellik ming yili miqdorida emasmi?" 
Mana shunday tafakkur bilan banda nafsini ortiqcha dunyoviy lazzatlardan kechishga majbur 
qiladi. U deydi: "Sanoqli kunlardan iborat umrning lazzatlarini tark etolmayotgan ekanman, uni abadul 
abad qanday tark etaman? Sabrning alamiga toqat qilolmayotgan ekanman, do‘zax alamiga qanday 
chidayman? Agar g‘amu rohati, sofligiga kirib, aralashgan dunyo ziynatlari meni shunchalik bexud 
qilsa, oxirat ne’matlari oldida ahvolim qanday bo‘ladi?" 
Tavbani kechiktirish dardining davosi ham fikrlash bilan amalga oshadi. Masalan, do‘zax 
ahlining ko‘pchiligi tavbani kechiktirgani uchun faryod qilishi haqida fikr qilgan kishi darhol tavbaga 
keladi. Tavbani kechiktiruvchi odam o‘zini go‘yo bu dunyoda doimiy qolmoqchidek tutadi. Balki, u 
ertaga bu dunyoni tark etar, balki tark etmas. Lekin bugun tavba qilishga qodir bo‘lmagan kishi ertaga 
tavba qila oladimi? Bugun uni tavbadan to‘sgan narsa shahvatdan o‘zga ne bo‘lishi mumkin? Shu 
shahvat ertaga ham uni tavbadan to‘smasligiga kim guvohlik beroladi? Yo‘q, bu shahvat undan 
ajralmaydi. Aksincha, ertaga bu shahvat unga mahkamroq yopishadi. Chunki, shahvat odatlanish 
bilan kuchayadi. Odat bilan mustahkamlangan shahvat boshqa shahvatlarga o‘xshamaydi. Tavbani 
kechiktiruvchilarning halokatiga xuddi mana shu shahvat sabab bo‘ladi. Ular o‘xshash narsalardagi 
farqni ajratadilar-u, lekin shahvatlarini tark qilishda barcha kunlar bir-biriga o‘xshash, mashaqqatlarga 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin