Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
33
narigi palladagi tuyaning yuzdan biricha ham bo‘lmaydi. Maqsad tuyaning og‘irligi, bo‘yi, eni, 
tutadigan o‘rni, ya’ni go‘sht va qondan iborat jism emas, balki tuyaning moliyaviy-ashyoviy ruhidir. 
Yuz dinorning o‘n barobar deb hisoblaiishi jismoniy emas, ruhoniy o‘lchovga ko‘radir. 
Oltin va kumushning moliyayaviy qiymatidan xabardor kishi bu ta’vilni to‘g‘ri tushunadi. Agar bir 
kishi og‘irligi bir misqol, qiymati yuz dinor gavharni birovga taqdim etib: "o‘n barobarini berdim", desa, 
u haq bo‘ladi. Lekin bu haqiqatni gavhar bilan shug‘ullanuvchi kishilargina to‘liq anglaydi. Chunki, 
gavharning holatini faqat ko‘rish bilan idrok qilib bo‘lmaydi. Balki, bu yerda ko‘rishdanda o‘tkirroq his 
— ziyraklik talab qilinadi. Shuning uchun yosh bola yoki bir qishloqi badaviy bu gapni g‘irt yolg’on 
sanaydi. "Bu gavhar emas, bor-yo‘g’i bir misqol tosh-ku! Tuyaning og‘irligi esa milyon misqol bo‘lsa, 
qanaqasiga arzimas tosh uning o‘n mislicha bo‘lishi mumkin?" deydi. 
Aslida, o‘sha go‘dakning o‘zi haqiqiy yolg‘onchidir, ammo buni anglashga hali unda imkon yo‘q. 
U balogatta yetib, kamol topishi, qalbida gavhar va boshqa narsalarnnng latif holatini ilg‘aydigan nurli 
idrok. hosil bo‘lishi lozim. Ana o‘shandagina unga bu so‘zlarning haqiqati ochiladi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bildirgan o‘lchovning to‘rriligiga shubha yo‘q. Taqlidchi buni 
idrok qilolmasligi, orif esa buni unga anglatolmasligi mumkin. Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: 
"Jannat osmonlardadir" (Buxoriy rivoyati). 
Xabarlarda vorid bo‘lishicha, osmonlar dunyo tarkibidadir. Shunday ekan, dunyo ichida unga o‘n 
barobar dunyo bo‘lishi mumkinmi? Hatto balog‘atga yetgan kishi ham yosh bolaga bu o‘lchovni 
tushuntira olmaydi. Shunshggdek, gavharning bebaho qiymatini badaviy yoki qishloqiga anglatishda 
qiynalayotgan zargar ham ojiz va rahmatga muhtojdir. Befahm ahmoqqa bu o‘lchovni tushuntirolmay, 
g‘amga botgan orif ham rahmatga muhtoj. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deydilar: 
"Uch kishiga rahm qilinglar: johillar orasidagi olimga; qavmning boyi bo‘lib, so‘ng qashshoq bo‘lib 
qolgan kishiga; qavmning azizi bo‘lib, so‘ng xor bo‘lgan kishiga" (Ibn Hibbon rivoyati). 
Shu sababga ko‘ra, payg‘ambarlar ummat orasida rahmatga muhtojdir. Aqli qosir ummat tufayli 
chekiladigan qayg‘ular payg‘ambarlar uchun fitna, Alloh tarafidan sinovdir. Bu sinovlar azaliy qazo va 
qadarda payg‘ambarlarga yuklangan. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar; 
"Balo-sinovlar payg‘ambarlarga, keyin valiylarga, so‘ng ularga o‘xshagan va ularga 
o‘xshaganlarga berilgan" (Termiziy rivoyati). 
Bu yerda tilga olinayotgan balo Ayyub alayhissalomga yuzlangan balo emas. Chunki, u balo 
badanda sinaldi. Nuh alayhissalomga yuzlangan balo esa ulug‘ edi. U o‘z qavmini Allohga qanchalik 
da’vat etmasin, qavmi undan qochardi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi 
kishilarning so‘zlaridan ozor ko‘rganlarida: 
"Birodarim Musoga Allohning rahmati bo‘lsin. U bundan og‘irroq aziyat yetganda ham sabr 
qilardi", deb aytar edilar (Buxoriy rivoyati). 
Demak, payg‘ambarlar kofirlar balosidan, avliyo va ulamo johillar balosidan holi emas. Shuning 
uchun Allohning do‘stlari bo‘lmish ma’rifat ahli doimo balo va ig‘vo tig‘iga nishon. Ahli dunyo nazarida 
ularning itoati — isen, ibodati ~ kufron, ixlooi — dindan chiqish bo‘lib ko‘rinadi. Shu tufayli ular 
quvg‘inda... 
Mana, ma’rifat ahlining johillar huzurida topgan manzili. Bu nuqtalarni anglaganingdan so‘ng, 
Payg‘ambarmizni11g: "Do‘zaxdan oxirgi chiqqan kishiga dunyo mislining o‘n barobari beriladi", degan 
so‘zlarig‘a iymon keltirasan. 
Faqat ko‘z ko‘rib, hislar sezadigan narsanigina tasdiqlaydigan bo‘lib qolishdan saqlan. Bu 
hayvonlarga xos tabiat. Sen insonni hayvondan ajratuvchi ilohiy sirga egasan. Bu sir osmonlarga, 
yerga va tog‘u toshlarga oshkor etilganida ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. 
Beshta sezgi olamidan tashqaridagi narsalarni idrok qilish insonni hayvondan ajratuvchi o‘sha sir 
olamidagina mavjud. Kimki bu haqiqatni unutsa, uni e’tiborsiz tashlab qo‘ysa, hayvoniy daraja bilan 
qanoatlanib, moddiyatdan nariga o‘tmasa, demak, u o‘zligini o‘ldiribdi. 
Zinhor Allohni unutuvchi bo‘lma! Aks holda, Alloh o‘zingni o‘zingga unuttirib qo‘yadi. Faqat hislar 
orqali idrok qiladigan kimsa Allohni unutadi. Chunki, bu olamda Allohning zoti beshta sezgi bilan idrok 
qilinmaydi. Kim Allohni uiutsa, shubhasiz, Alloh uning o‘ziga o‘zini unuttiradi, oqibatda u hayvoniy 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin