ﱠنِإ "Shubhasiz, Alloh birovga zarracha zulm qilmas" {Niso surasi, 40).
Bu misollarning barchasi sahih. Jumladan, inson nima qilsa, o‘zi uchun qiladi. Har bir jon, qilgan
amali sababli do‘zaxda ushlanadi haq yo‘ldan og‘salar, Alloh ularning qalblarini hidoyatdan og‘dirib
qo‘yadi. O‘zlarini o‘zgartirsalar, Alloh ularni o‘zgartiradi:
ْﻢِﻬِﺴُﻔْﻧَﺄِﺑ ﺎَﻣ اوُﺮِّﻴَﻐُﻳ ﻰﱠﺘَﺣ ٍمْﻮَﻘِﺑ ﺎَﻣ ُﺮِّﻴَﻐُﻳ ﻻ َﻪﱠﻠﻟا ﱠنِإ "Aniqki, biron qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmaydi" (Ra’d surasi, 11).
Bu Qur’oniy ma’nolar qalb ahlining botin ko‘zlarini ochadi. Botinning nazari ko‘zning nazaridan
ravshanroqdir. Ko‘z ba’zan uzoqni yaqin, kattani kichik ko‘rib, adashishi mumkin. Lekin qalb ko‘zi
adashmaydi. Hamma gap uning ochilishida. Basirat ochilar ekan, bu nazarda zinhor yolg‘on
bo‘lmaydi:
ىَأَر ﺎَﻣ ُداَﺆُﻔْﻟا َبَﺬَآ ﺎَﻣ ) ١١ ( "Ko‘ngil ko‘rgan narsasini yolg‘on demadi" (Najm surasi, 11-oyat).
Uchiichi rutba. U najot topuvchilar rutbasidir. Bunda tilga olinayotgan "najot" so‘zi "saodat
topish, zafar quchish" ma’nosida emas, balki "salomat bo‘lish" ma’nosida qo‘llanyapti.
Bu rutbadagilar na u yoqlik, na bu yoqlik bir qavmdir. Ularda taqdirlangudek xizmat ham,
jazolangudek ayb ham yo‘q. Ularning holati majnunlar ahvoliga, kofirlarning bolalari tushgan holatga,
aqli noqis tug‘ilganlar holiga o‘xshaydi. Ularning umri da’vat yetib bormagan chekka o‘lkalarda
kechgan. Oqibat, befahm, ma’rifatsiz bo‘lib o‘tganlar. Ularda na isyon, na toat, na Allohga
yaqinlashtirguvchi bir vasila va na Allohdan uzoqlashtiruvchi ma’siyat bor. Ular na jannat ahlidan, na
do‘zax ahlidan. Ularning joyi jannat va do‘zax arasidagi A’rof deb nomlangan uchinchi bir manzildadir.
Bandalardan bir toifaning qo‘nalg‘asi bo‘lgan A’rof xususida oyat va hadislarda xabar berilgan.
Norasida bolalarni A’rof toifasidan deb hukm etmakka kelsak, bu noaniq va shubhali masaladir.
Bu masalaning aniq va haqiqiy bilimi nubuvvat olamida. Avliyo va ulamoning maqomi ham u ilmga
yetolmaydi. Norasidaning haqqi xususidagi xabarlar ham ziddiyatlidir.
Oisha roziyallohu anho hayotdan ko‘z yumgan norasida bolaga qarab: "Jannat qushchalaridan
biri", deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Senga buning xabari keldimi", deya koyigan