Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com
кутубхонаси
42
bo‘ladigan amali bo‘lmasa, Alloh taolo unga g‘am-qayg‘ular yuboradi va bu g‘am-qayg‘ular uning 
gunohlariga kafforat bo‘ladi". 
Shunday savol tug‘ilishi tabiiy: 
"Insonlar ko‘pincha mol-dunyo, bola-chaqa, martaba uchun 
qayg’uradi, g’am chekadi. Lekin bunday qilish noto‘g‘ri. Bas, xato ish qanday kafforat bo‘lishi 
mumkin?".
Ha, o‘rinli savol. Bilgil, dunyo va undagi narsalarga muhabbat qo‘yish xato, bu muhabbatdan yuz 
o‘girish kafforat. Dunyo va uning matohlari bilan lazzatlanish xatoni to‘ldiruvchi sabablardan biridir. 
Rivoyat qilinadi: "Jibril alayhissalom zindonga Yusuf alayhissalom oldiga kirdilar. Yusuf alayhissalom 
so‘radilar: 
- G’amlarga cho‘kib qolgan cholning (otalari Yoqub alayhissalom) ahvoli qanday? 
- Farzandi dog‘ida kuygan yuzta onaning qayg‘usi nechog‘li bo‘lsa, shuncha hasrat bilan senga 
qayg‘uryapti. 
- Alloh huzurida unga ajr bormi? 
- Yuzta shahidning ajri bor, - deb javob berdilar Jibril alayhissalom. 
Demak, g‘am-qayg‘ular ham Allohning haqlariga kafforat bo‘ladi. 
Bandalarga nisbatan qilingan zulmlarga kelsak, ularda ham Alloh taoloning haqqiga ma’siyat va 
jinoyat mavjud. Negaki, Alloh taolo bandalarga zulm qilishdan qaytargan. Bu zulmning Alloh taolo 
haqqiga taalluqli qismi — nadomat va hasrat bilan xatolarini tuzatish, kelajakda ularni takrorlamaslik
gunohning ziddi bo‘lgan savob ishlarii ko‘paytirish. Odamlarga yetkazgan ozoriga ularga qilgan 
ehsoni, bosqinchilik bilan olgan mollariga halol mulkidan qilgan sadaqalari kafforat bo‘ladi. G’iybat va 
qo‘pol so‘zlar bilan kimlarningdir obro‘sini to‘kkan bo‘lsa, bu gunohiga din ahlini maqtashi, yaqinlari, 
birodarlaridagi yaxshi xislatlarni oshkor qilishi kafforat bo‘ladi. 
Jonga nisbatan qilingan gunohning ham o‘ziga xos kafforati bor. Agar birovni bilmasdan o‘ldirib 
qo‘ysa, qotil o‘z mulkidan yo yaqinlari mulkidan haqdorga, ya’ni o‘likning egasiga xun haqqini 
bermog‘i vojib. Shu bilan qotilning tavbasi tamomiga yetadi. Haq haqdorga yetib borishi bilan 
mas’uliyat zimmasidan tushadi. Agar biror jonni qasddan, qasosga sabab bo‘ladigan tarzda o‘ldirsa, 
qasos bilan tavba tamomiga yetadi. Lekin qatl qasddan bo‘lsa ham, qasosga yetarli asos topilmasa 
yoki sabablar noma’lum bo‘lgani uchun buni bilishning umuman imkoni bo‘lmasa, bu holat o‘likning 
egasiga bildiriladi va qotilning taqdiri uning hukmiga havola qilinadi. Xohlasa, qotilni kechiradi, 
xohlasa, o‘ldiradi. Ushbu holatlar so‘ngiga yetganidan keyingina mas’uliyat qotildan soqit bo‘ladi. 
Xoh qasddan. xoh bilmasdan bo‘lsin, inson o‘limi bilan bog‘liq gunohni yashirish joiz emas. 
Chunki, odam o‘ldirish gunohi zino, o‘g‘irlik, yo‘lto‘sarlik, mast qiluvchi ichkilik ichish yoki Alloh 
taoloning jazosiga sabab bo‘luvchi boshqa gunohlardan tubdan farq qiladi. Negaki, bu gunohlardan 
tavba qilinganida aybni oshkor etish shart emas. Balki, bunda tavba qiluvchi kishi Alloh taoloning 
rahmat pardasi bilan to‘silmog‘i, turli azob va mashaqqatlar bilan o‘z nafsiga Alloh taolning jazosini 
joriy etmog‘i lozim. Zero, afv - Allohning haqqi. Nadomat ichra yonayotgan tavba qiluvchini Alloh taolo 
albatta kechiradi. 
Lekin shunday bo‘lsa ham, gunohini oshkor tan olib, voliyga murojaat etgan kishiga jazo tatbiq 
qilinadi va Alloh taolo huzurida uning tavbasi sahih, maqbuldir. Hadisda rivoyat qilinishicha, "Mo’iz ibn 
Molik Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: 
Ey Allohning rasuli, zino qilib, nafsimga zulm etdim. Meni gunohdan poklang, — dedi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni rad etdilar. Mo’iz ertasiga yana Nabiy alayhissalom 
huzurlariga kelib: 
—Ey Allohning rasuli, zino qilib, nafsimga zulm qildim. Meni gunohdan poklab qo‘ying, — dedi. 
Payg‘ambar alayhissalom ikkinchi marta ham uni rad etdilar. Uchinchi marta kelganidagina uni 
jazoga hukm etdilar. Zinokor uchun chuqur qazildi, keyin toshbo‘ron qilishga amr etildi. Jazodan so‘ng 
kimlardir: "Mo’iz gunohga botdi, oxirati kuydi", desa, kimlardir: "U haqiqiy tavba sohibidir, uning 
tavbasidan sodiqroq tavba yo‘q", deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 
— Mo’iz shunday tavba etdiki, agar uning tavbasi butun ummatga taqsim qilinsa, tavba barchani 
qamrab olajak" (Muslim rivoyati). 
"G’omida qabilasidan bitta ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: 
— Ey Allohning rasuli, gunohga botdim, meni poklang, dedi. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin