Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

ُةَﺮِﺿﺎَﺤْﻟا
 
ُﻪُﻟاَﻮْﻣَأ

hukmi shuki, agar egasi aniq bo‘lsa, egasiga 
qaytaradi, egasi noma’lum bo‘lsa, sadaqa qiladi. Agar halol va harom aralashib ketgan bo‘lsa, 
haromning miqdorini ijtihod bilan ajratib, sadaqa qilishi kerak. 
Odamlarni ortidan yomonlash qalblarga qilingan xiyonatdir. Kimki o‘ziga qarshi so‘zlagan 
odamlarning diliga tili yo biron fe’li bilan ozor yetkazgan bo‘lsa, ularning har birini izlab topib, 
gunohlari uchun kechirim so‘rasin. Agar mazlumlardan ba’zilari olamdan o‘tgan yoki g‘oyib bo‘lsa, 
nachora. Endigi ish faqat savob amallarni ko‘paytirishdir. 
Qilingan gunohni gapirish va ta’riflashning o‘zi ham bir gunohdir. Undan poklanmoq zarur. Aks 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
44
holda. gunohkor zulm yuki ostida qoladi. Shuning uchun gunohi kechirilishini xohlagan zolim 
mazlumga yumshoq muomala qilmog‘i, muhim ishlarida ko‘maklashmog‘i, unga nisbatan mehru 
muhabbatini zohir etmog‘i lozim, toki mazlumning ko‘ngli yumshasin, o‘zaro samimiyat uyg‘onsin. 
Darhaqiqat, inson - ehsonning gadosi. Bitta yomonlik bilan qo‘rqitilgan kishi, bitta yaxshilik bilan 
o‘zgaradi. O’ziga ko‘rsatilayotgan muhabbat va halimlikni qalb sezgani sayin nafs kechirimli bo‘ladi. 
Agar shunchalik harakatdan so‘ng ham mazlumning ko‘ngli yumshamasa, qilinayotgan halimlik va 
uzrxohliklar poklanishni xohlayotgan zolimning savob amallariga qo‘shilishi, shu tufayli qiyomatda 
xatosi o‘nglanishi mumkin. Mehr-muhabbat ko‘rsatib, mazlumning qalbiga surur bag‘ishlash yo‘lidagi 
sa’y-harakatning miqdori unga yetkazilgan aziyatlar yo‘lidagi sa’y-harakatlar miqdoridan kam 
bo‘lmasligi kerak. Negaki, qiyomatda bu ikkalasi yuzlashtiriladi, Allohning izmi bilan biri boshqasidan 
o‘z haqqini oladi. Deylik, bir kishi bu dunyoda birovning moliga zarar yetkazib qo‘ydi. Keyin u molning 
egasiga shunga o‘xshash boshqa molni keltirib berdi. Mol egasi bu molni undan qabul qilmadi. Ish 
hokimga arz etilgach, mol egasi xohlasa ham, xohlamasa ham olib kelingan molni qabul qilishga 
hukm etiladi. Hokimlar hokimi, odillar odili Allohning ham qiyomatdagi hukmi shunday. 
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: "Payg‘ambar alayhissalom dedilar: "Sizdan oldin o‘tgan 
ummatlar ichida to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirgan bir kishi bor edi. U yer yuzidagi eng olim kishidan 
o‘zining tavbasi haqida so‘ramoqni qasd etdi. Uni bitta rohibning oldiga yo‘llashdi. U rohibning oldiga 
borib: 
- Men to‘qson to‘qqiz jonni o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi? — deb so‘radi. Rohib "yo‘q", deb 
javob bergan edi, qotil uni ham o‘ldirib, hisobidagi o‘liklar sonini yuztaga to‘ldirdi. Keyin yana yer 
yuzidagi eng olim kishini unga ko‘rsatishlarini so‘radi. Bitta olim kishiga uni yo‘llashdi. Qotil u olimga 
uchrab: 
- Men yuzta jonni o‘ldirdim, tavbam qabul bo‘ladimi? - deb so‘radi. 
- Ha, dedi olim. Tavbani kim ham to‘sa olardi. Endi falon-falon yerga bor. U yerda ulug‘ va 
qudratli zot — Allohga ibodat qiladigan odamlar bor. Ular bilan birga Alloh taologa ibodat qil. O’z 
yeringga qaytma, chunki u yomon yerdir. 
Yuzta jonning hayotiga zomin bo‘lgan qotil olim aytgan tomonga yo‘l oldi. Yo‘l yarmiga 
yetganida, ahvoli og‘irlashib, ajali yaqinlashib qoldi. Shunda rahmat va azob farishtalari u haqda 
tortisha boshlashdi: 
- Axir bu inson chin qalbdan Allohga yuzlanib, tavba niyatida yo‘lga chiqdiku! — der edilar 
rahmat farishtalari. 
- U bironta yaxshi amal qilmagan, - der edilar azob farishtalari. 
Shu payt odam suratidagi bir farishta bu nizoning ustiga kelib qoldi. Darhol uni o‘zlari orasida 
hakam qilishdi. U shunday yechimni taklif etdi: 
- Ikkala yergacha (ya’ni tavba tomon va azob tomon) bo‘lgan masofani ham o‘lchanglar. Kotil 
qaysi yerga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha manzilning odamidir. O’lchadilar, tavba niyatida qasd qilingan 
tomon azob farishtalari chorlayotgan tomondan yaqinroq ekan. Natijada, rahmat farishtalari uni olib 
ketdilar" (Muttafaqun alayh). 
Demak, tavba qiluvchi yaxshi amallarni ko‘paytirsagina azobdan xalos bo‘lishi mumkin. Chunki, 
zarra misqol bo‘lsa ham savob amallarning mezonda og‘ir kelishi — najotning birdan-bir garovidir. 
Tavbani qasd qilishning o‘tmishga bog‘liq tomoni mana shu jihatlardan iborat. Endi kelajakka 
bog‘liq tomoni-chi? 
Gunohkor banda tavbaga azm etar ekan, kelajakda bu va shunga o‘xshash gunohni qayta 
takrorlamaslikka ahd qiladi. Ahd Alloh bilan bo‘lgani uchun ishonchli va mustahkam bo‘ladi. Masalan, 
meva-cheva dardiga dard qo‘shishini bilgan bemor, to kasali tuzalmagunicha, uni og‘ziga olmaslikka 
qat’iy ahd etadi. Garchi keyin istaklar g‘olib kelishi mumkin bo‘lsa-da, ayni shu paytda ahdning 
mustahkamlik darajasi kuchli bo‘ladi. Agar o‘sha paytda ahd mustahkam bo‘lmasa, qanday qilib bu 
tavba tavba bo‘lsin! 
Tavba yo‘lidagi kishining azmi mukammal bo‘lishi uchun avvalo, uzlat, sukut, kam yeyish va kam 
uxlash, halol rizq kasb etishi lozim. Kimgaki halol moldan meros qolsa yoki tirikchiligiga kifoya 
qiladigan kasbi bo‘lsa, shu bilan qanoatlansin. Zero, gunohlarning boshi harom yemoqdir. Halol bilan 
qanoatlanmaydigan, shubhali narsalarni tark etmaydigan inson taomlar va kiyimlarga bo‘lgan 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin