www.ziyouz.com kutubxonasi
91
- H - HADD ("to‘xtatish", "chora ko‘rish") - Qur’on va sunnaga ko‘ra, odob-axloq va jamoat
tartibiga doir jinoyatlari uchun beriladigan jazolar: kufr, buzuqiliq, soxta guvoxlik,
tuhmat qilish, ichkilikbozlik, ichirib mast qildirish, qimorbozlik, savdo qoidalarini buzish,
qalloblik va b. H. ayrim shaxsga nisbatan emas, balki qonunga qarshi sodir etilgan
jinoyatga nisbatan qo‘llanilgani uchun tomonlarning kelishuvi va avf etish mumkin emas
va albatta H. ijro etilmoga shart. H. faqat sudning xukmi bilan beriladi va 40 dan 100
tagacha qamchi yoki kaltaklash bilan amalga oshiriladi, undan tashqari ibratli jazo turi
(ta’zir) ham qo‘llanilishi mumkin. Jazo o‘tab bo‘lingach, albatta tavba va kafforat
to‘lanadi. Qadimda Usmoniylar davridagi Turkiyada H. yirik pul jarimasi to‘lash bilan
almashtirilishi mumkin bo‘lgan. Mana shu tartib ko‘pgina islom davlatlari qonunchiligi
tomonidan qabul qilingan.
HADIS (arab. - "xabar", "yangilik"), hadislar - Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari,
qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo‘ladi: matn va
isnod. H. ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. H.lar e’tiborga olinishi
jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif.
Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan.
Ularga aniklik kiritish va izoxdab uqtirish uchun Muhammad (sav) o‘z H.larini aytardi. Bu
H.larni payg‘ambarning safdoshlari yodda saqlashga harakat kdlardi. Rasululloh (sav)
hayotlik chog‘larida sahobalarning Qur’oni karimga H.larni aralashtirib yuborishlaridan
qo‘rqib, H.larni yozishdan qaytarar edilar Rasululloh (sav) vafotlaridan so‘ng H.larni
nakd qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar
Payg‘ambarimiz (sav) Hlariga begona so‘z aralashib qolishidan va H. nakd qiluvchi
sahobalar vafot etishlari bilan H. zoe bo‘lishidan qo‘rqib, uni yozma shaklda to‘play
boshladilar. Bu odamlar turli yurtlarga tarqalib ketganlar. 7-a. o‘rtalaridan boshlab ularni
topib, H. larni ogizlaridan yozib olishga harakat qilingan. Bunda turkistonlik muhaddislar
katta xizmat qilishgan. Islom olamida eng obro‘li hisoblangan H. to‘plamlari quyidagilar
hisoblanadi: 1) "al-Jomi’ as sahih" yoki qisqacha, "Sahihi Buxoriy"; 2 "Sahihi Muslim", 3)
"Sunani Termiziy"; 4 "Sunani Abu Dovud"; 5) "Sunani Nasoiy"; 6 "Sunani Ibn Moja".
Shuningdek, Ibn Hanbal musnadi ham katta shuhrat qozongan (yana q Hadis
to‘plamlari).