www.ziyouz.com kutubxonasi
89
- G - GILONIY (Jiloniy) Muhiddin Abdulqodir ibn Abi Solih Jangiydo‘st (1077- 1166) - fors
ilohiyotchisi, mutasavvif. Gilon viloyati (Eron) da tug‘ilgan. 18 yoshida Bag‘dodga kelib
saboq oladi. Uning hanbaliylik mazhabiga oid va’zlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik G.
Qur’on tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat ko‘rsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dars
beradi. G. hanbaliylik mazhabida qat’iy turgan, Muhammad (sav) sunnatlariga so‘zsiz
rioya etgan. Va’zlarida musulmonlar uchun zarur bo‘lgan o‘nta axloqiy qoidani bayon
etgan. G. o‘zining tariqat uslubini vujudga keltirmagan, biror tariqatga boshchilik
qilmagan bo‘lsa ham uni qodiriylik so’fiylik tariqatining asoschisi deb hisoblaydilar.
Ammo, haqiqatda esa, bu tariqat uning avlodlari yoki muridlari tomonidan faqat 13-
a.ning o‘rtalarida, ba’zi mutaxassislarning fikricha, hatto 15-a.da vujudga kelgan. Xalq
ommasi uni mo’jiza ko‘rsatishga qodir bo‘lgan aziz-avliyo va bechoralarning homiysi
deb, ulug‘lar edi. Unga "Ravsul A’zam" ("ulug‘ himoyachi") va "piri dastgir" ("madadkor
pir") laqablarini berishgan edi. G. maqbarasi Bag‘dodda bo‘lib, islomdagi muqaddas
joylardan biri hisoblanadi.
G.ning "Al-g‘unya li tolib tariq il-haqq" ("Haq yo‘lini istovchilar uchun qo‘llanma") asari
saqlanib qolgan. Bu asarda musulmonlarning ijtimoiy, axloqiy burch va vazifalari
hanbaliylik mazhabi nuqtai nazaridan bayon qilingan. GUL - ayol jinsidan bo‘lgan jinning
bir turi; nihoyatda badjahl va insonlarga dushmanligi bilan ajralib turgan. Go‘yo cho‘lu
biyobonlarda yashab, turli qiyofalarga kirib yo‘lovchilarni o‘z tuzog‘iga ilintiradi, so‘ngra
ularga hujum qilib o‘ldiradi. Erkak jinsdagi G. - kutrub; ba’zan G. si’lat bilan aynan deb
qaraladi. O’rta asrlarda islom mamlakatlaridagi xalq rivoyatlarida G. Iblis va shaytonlar
bilan aloqador bo‘lgan kofir jinlar qatoriga kiritilgan; ular odamxo‘r va o‘laksaxo‘r
hisoblanganlar. Deyarli butun islom ahdi xalq adabiyoti va folklorida G. bilan bog‘liq
sarguzashtlar bayon etilgan ko‘plab hikoyalar uchraydi.