MANSURIYLAR, al-Mansuriya - "o‘ta" shialikdagi jamoa; Abu Mansur al-Ijliy izdoshlari.
Abu Mansur sahroyi va savodsiz bo‘lgan. Shialarning 5-imomi Muhammad al-Boqir
vafotidan so‘ng (732 y.) u Kufada da’vat bilan chiqqan, o‘zini shu imomning vorisi
(xalifasi), ishonchli vakili deb e’lon qilgan. So‘ngra u payg‘ambarlikka da’vo qilib, go‘yo
Alloh uni o‘ziga yaqin olib suryoniy tilida uni o‘g‘lim deb atagan. Payg‘ambarlik uning olti
avlodida davom etajagi, so‘ngtisi Mahdiy bo‘lishini da’vo qilgan. Alloh yerga o‘z
"xabarchilari"ni yuborishni to‘xtatmasligani targ‘ib qilib, Abu Mansur o‘zini yerga qulab
tushgan "osmonning bir parchasi" (kisf, shundan M.ning boshqa nomi - kisfiylar) deb
e’lon qilgan. Osmon deganda Muhammad (sav) urug‘lari - hoshimiylar, yer deganda esa
-shialar tushunilgan. Uning da’vosi: Alloh Muhammad (sav)ni Qur’on bilan, uni esa -
Qur’on sharhi bilan yuborgan.
Abu Mansur va uning izdoshlari jannat, do‘zax, qayta tirilish kabilarni majoziy ma’noda
talqin qilib, amalda ularni inkor etganlar. Iroqda Yusuf ibn Umar as-Saqafiy noibligi
davrida (738-742) Abu Mansur va M.ning bir qismi qo‘lga olinib qatl etilgan. Tirik
qolganlariga uning o‘g‘li al-Husayn rahbarlik qilgan, u ham payg‘ambarlikni da’vo qilgan.
Uning izdoshlarini husayniylar deb atashgan. Ularning faoliyati o‘ttiz yilcha davom etgan.
Xalifa al-Mahdiy davrida (775-785) al-Husayn qo‘lga olinib xalifa huzuriga keltirilgan va
uning buyrug‘iga ko‘ra xochga tortilgan. Xalifa undan qolgan juda katta boylikni
musodara qilib, izdoshlarini ta’qib etib qatl ettirgan.
M. ta’limoti Iroqda faoliyat olib borgan "o‘ta" shialarning boshqa ta’limotlari kabi o‘ziga
yahudiy-xristian dinlari unsurlarini kiritgan. Jumladan, Abu Mansurning da’vosiga ko‘ra
Alloh birinchi bo‘lib Iso (as)ni yaratgan.
MARVAZIY, Abul Fadl Muhammad ibn Muhammad as-Sulamiy al-Marvaziy, al-H a-k i m
a sh-sh a h i d (? - 945) - hanafiylikdagi yirik imom, muhaddis va faqih. Sam’oniyning
ma’lumotlariga ko‘ra, u Buxoro qozi kaloni bo‘lgan, somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga
fiqhdan ta’lim bergan. Amir uni bosh vazir etib tayinlagan. Sam’oniy M.ning 14 ustozi
nomini keltirib, M. 60 ming hadisni yoddan bilganligini va doimo vaqtini diniy kitoblar va
ibodatda o‘tkazganligi va davlat ishlariga juda oz vaqt ajratganligni yozgan. Bu
harbiylarning noroziligiga sabab bo‘lgan va ko‘tarilgan isyon natijasida o‘ldirilgan. Fiqhga
doir 8 ta asar yozgan, ular Abu Hanifa kitobidan so‘ng eng e’tiborli kitoblar sanalgan.