Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
188
oxirigacha zohidlikda, uzlatda yolg‘iz
yashasa-da, ilm ahdi orasida obro‘-e’tibori juda
baland edi. Uni ko‘rish, undan saboq olish uchun Sharq mamlakatlaridan o‘nlab ilmsevar
kishilar uyiga kelib turishardi. M.ning ikki she’riy devoni, "Chaqmoqtosh uchqunlari",
"Farishtalar haqida risola", "Tavba haqida risola" asarlari, Buxturiy, Mutanabbiy va b.
shoirlar ijodiga sharxlari bizgacha yetib kelgan. M.ni mashhur qilgan "Ixtiyoriy
majburiylik" ("Al-Luzumiyyat") nomli ilk lirik-falsafiy devoni 5000
ga yaqin baytdan
tuzilgan yaxlit asar bo‘lib, unda har bir she’r o‘zidan keyin keluvchi she’r bilan mavzu va
fikr jihatdan hamohangdir. M. o‘z ijodining bosh mavzuini: "Men she’rlarimda faqat Oliy
zotni (ya’ni Allohni) ulug‘layman, zero u boshqalarga rahmat ulashib, o‘zi
hech bir
maqtov-madhiyaga muhtoj emasdur", deb ta’riflagan edi.
M. fikricha, har bir inson ma’naviy jihatdan o‘zini o‘zi takomillashtirib borishi lozim.
"Tavba haqida risola"da shoir o‘z davridagi tamagir mansabdorlar, nodon kishilar,
shuhratparast adib-shoirlarni o‘tkir hajv qiladi. Asar qahramoni jannatlar va do‘zaxlar
ichra
sayr etib, u joylarda o‘zining yaxshi va yomon zamondoshlarini uchratadi, ularni
bir-bir tavsiflaydi. Dante (14-a.) "Ilohiy komediya"ni yozishda mazkur risoladan
foydalangan bo‘lishi mumkin. M. merosi islomiy madaniyat,
ijtimoiy-falsafiy va diniy
tafakkur cho‘qqilaridan biri bo‘lib, o‘zidan keyingi arab, fors, turk tasavvuf shoirlari
ijodiga barakali ta’sir etgan.
Dostları ilə paylaş: