MA’RIFAT (arab. - bilish, anglash, idrok etish) - tasavvuf tushunchasi; tasavvufdagi
maqomlardan biri; solik ma’naviyatining kundan-kunga ortib borishi, koinot va tabiat
ilmu hikmatidan, shuningdek, insoniy va ilohiy sir-asrorlardan voqif bo‘lib borishi. Hadisi
sharifda: "Kimki o‘zini yaxshi tanisa, Parvardigorini ham, albatta, tanib oladi", deyilgan.
Ya’ni, inson o‘zining tuzilishi, murakkab tarkibi, jismoniy va ruhoniy vujudini qanchalik
chukur tafakkur bilan o‘rganib, bilib borsa, Allohning ulug‘ hikmati va beqiyos
qudratining buyuk ekanini shunchalik idrok etadi. Inson o‘zidagi kamchilik va xatolarni
qancha ko‘p sezib iqror etsa, Allohning benuqson komil zot ekanini shuncha payqab
oladi. Har bir inson o‘z M. ini bilimiga karab yuqori darajalarga ko‘tarishi mumkin.
MA’UNA - rost imonlari, go‘zal e’tiqodlari sababidan kulfat va mashaqqatlardan xalos
bo‘lishlari uchun avom musulmonlar tomonidan sodir bo‘ladigan g‘ayrioddiy ish.
MAQBARA (arab. marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan me’moriy inshoot
yoki tosh tobut (dahma, sag‘ana). Mlar hashamatli murakkab imoratlar taklidida
taraqqiy topdi. Bunday hashamatli M.lar yaratilishi qad. Misr exromlarida Fir’avnni
ilohiylashtirish bilan buyuk va o‘lmas degan g‘oya olib borilgan.
O’rta Osiyoda dastlab kabr ustiga biror tosh qo‘yish, imorat kurish man etilgan bo‘lsa-da
9-a.dan xalifalar sharafiga M.lar qurila boshlangan. Movarounnahrda ham 9-a.dan
maxsus M.lar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar
(podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli M.lar qurilgan. Oddiy M. gumbazli
chorsi xonadan iborat bo‘lgan, unga peshtokdi eshik orqali kirilgan. Ba’zan xonaning 4
tomoni ravokdi-chordara shaklida bo‘ladi, keyinchalik M. kurilishi tobora murakkablasha
borib, unda ziyoratxona, go‘rxona, tagxona-sardoba kabi maxsus xonalar paydo bo‘lgan.