www.ziyouz.com kutubxonasi
195
MOZOR (arab - ziyorat qilish joyi) -o‘tmishdagi mashhur shaxslar, xususan, aziz-
avliyolar dafn etilgan joy. Islom dinigg ko‘ra, ulug‘ zotlarning qabrlarini ziyorat kilib.
ularning ruhlarini duoi xayrlar bilan xotirlash savobli ishlardan hisoblanadi, Lekin,
marhum aziz-avliyolar qabriga sig‘inish, ulardan madad so‘rash, farzand, shifo tilash
shar’an man etiladi. M.da hojat so‘ralganda faqat Allohning o‘zidan so‘rash lozim.
MOL (ko‘pligi amvol) - xususiy, mulk (o‘troq arablarda - "pul", "boylik", badaviylarda -
"tuyalar", "chorva"). O’rta asr mualliflarining tushuntirishlariga ko‘ra, M. to‘rtta
kategoriyaga ajraladi: "soqov" (qimmatbaho toshlar va pullar), "so‘zlovchi" (qullar va
chorva), tovarlar va ko‘chmas mulk. Tor ma’noda M. - moliya, pul mablag‘lari (moliya va
soliqlarga doir ko‘p risolalar ham shunday atalgan - "Kitob al-amvol"), shundan bayt- ul-
mol va mol al-muslimin (barcha musulmon jamoasiga tegashli mablag‘lar); ba’zi
hollarda M. natural soliqlardan farqli ravishda pul bilan to‘lanadigan soliqlarni anglatgan.
U yoki bu shaklda M. musulmon xalqlarining barcha tillariga o‘tgan. I.ch. yoki savdoga
qo‘yilgan mablag‘lar ra’s al-mol (asosiy mablag‘lar, sarmoya), daromad esa, - g‘alla,
ribh deb atalgan. Hozirda ra’s al-mal so‘zi "sarmoya" istilohining aynan mazmunini
beradi.
MOLIK ibn ANAS Abu Abdulloh (713-795) - faqih, muhaddis, molikiylik mazhabining
asoschisi. Madinada tug‘ilgan. Bolalikdan diniy ilm oldi, Qur’oni karimni o‘rgandi. Islom
huquqini puxta egallab, "Madina imomi" unvoniga sazovor bo‘ldi. M.i.A. biror siyosiy
oqimga ergashmasa-da, hokimiyatning saylab qo‘yilishi qoidasini afzal hisoblardi,
lavozimlarga ma’muriy tayinlanishlarga qarshi edi. M.i.A. Muhammad (sav) sahobalari
aytgan hadislarni muayyan mavzularga ajratib, "al-Muvatta’" ("ommaviy, barchaga
tushunarli" ma’nosida) deb atalgan to‘plam tuzdi. Muhaddis buning uchun 40 y. umrini
sarfladi. Bu ilk hadis to‘plamlaridan biri bo‘lib, bir necha ming hadisni o‘z ichiga olgan.
M.i.A. mudarrislik faoliyati bilan shuullangan. Shogirdlari orasida taniqli muhaddis
Muhammad Shayboniy (805 y. v.e.), shofi’iylik mazhabi asoschisi Muhammad ibn Idris
Shofi’iy (820 y.v.e.) bo‘lgan. M. i. A.ning ijtimoiy-siyosiy qarashlari asosida hokimiyat
xalifa qo‘lida bo‘lishi, xalifa esa qurayshiylardan saylanishi, alohida vakolatli shaxslardan
tashkil topgan guruh (sho‘ro) uni tasdiqlashi kerak, degan fikr yotadi. Umuman u
Muhammad (sav) davridagi an’analarni yoklab chiqqan, ya’ni "ashob al-hadis" ("hadis
tarafdorlari") oqimining yirik namoyandasi bo‘lgan. Umrining oxirida zohidlikka berilgan
va uzlatda yashagan.