MIR KULOL Buxoriy (taxm. 1288, Buxoro yaqinida (hoz. Kogon tumani)gi Suxor
qishlog‘i – 1371) - xojagon-naqshbandiya silsilasining yirik namoyandasi, buxorolik yetti
pirning oltinchisi. Xoja Muhammad Boboyi Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik bilan
shug‘ullanganligi sababli Mir Kulol nomi bilan mashhur. "Silsilai Sharif"da 15-halqaning
piri sifatida kelgan. Uning 114 xalifasi bo‘lib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol
(Amir Temurning piri), Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Uning hayoti haqida
"Maqomati Mir Kulol" kitobi yaratilgan. Tug‘ilgan qishlog‘ida dafn etilgan Qabri ustida
maqbara o‘rnatilgan.
MIR SAID BAHROM MAQBARASI -Karmanadaga me’moriy yodgorlik (10-11-a.lar) Bir
xonali murabba tarxli (4,5 x 4,5 m), gumbaz tomli. Somoniylar davri me’morligiga xos
uslubda pishiq g‘isht (21 x 21 - 3 sm)da bezakli qilib terilgan. Peshtoqi 3 qismdan iborat,
hoshiyali. Sharafasi va ikki yon tomoni mayda g‘ishtlardan terilgan. Ravoq hoshiyasida
kufiy yozuvida Qur’ondan oyatlar bitilgan Tabadoniga yoy shakldagi o‘yma panjara
ishlangan. Ustungo‘shasiga g‘ishtlar juft-juft qilib "qo‘sh" uslubida terilgan. Yon va orqa
devorlari bezaksiz. Ichki gumbaz osti bag‘ali sakkiz qirrali ravoq (5 g‘ishtin ustun)ga
tayangan. Peshtoqi pishiq g‘isht (26,5 x 26,5 5 sm)dan qayta terilgan. Maqbara bir
necha bor ta’mir etilib (1960-70 ylar), dastlabki ko‘rinishini yo‘qotgan. Maqbara
me’moriy qismlarining o‘zaro aniq nisbati naqshlarining ixchamligi bilan ajralib turadi
MIHNA - "sinov". 833 y.dan boshlab abbosiy xalifalari Ma’mun, Mu’tasim va Vosiq
davrida mavjud hokimiyatga nisbatan xolis yoki noxolis ekanliklarini bilish maqsadida
ilohiyotchilar M.ga duchor qilinganlar Qur’onni o‘z vaqtida yaratilganini (hudus al-Qur’on)
e’tirof etganlar xolis deb hisoblanganlar, buning aksini aytganlar esa, qatag‘on
qurbonlariga aylangan. M. avvalambor Bag‘dodda o‘tkazilgan, uning qurbonlaridan biri
Ahmad ibn Hanbal bo‘lgan. Xalifa al-Mutavakkil 849 y. Qur’onning kelib chiqishi haqidagi
har qavday munozarani man etishi bilan M.ga chek qo‘yilgan.