Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
MOLIKIYLIK - sunniylikdagi diniy-huquqiy mazhablardan biri. Molik ibn Anas asos 
solgan. M. Madinada paydo bo‘ldi, Arabiston ya. o.ga, keyin Misr, Shim. Afrika va 
Andalusiyaga tarqaldi. Molik ibn Anasning "al-Muvatta’" ("ommaviy, barchaga 
tushunarli" ma’nosida) asari M. ta’limotining asosiy manbai hisoblanadi. M. tarafdorlari 
Muhammad (sav) hayotliklari vaqtida ilk islomda shakllangan fiqh me’yorlarini tan oladi, 
fiqhning asosiy manbai sifatida Qur’on va sunnaga tayanadi, Madinaning savodli aholisi 
yakdillik bilan ma’qullagan qoidalarnigana ijmo’ deb hisoblaydi. Shu bilan birga 
musulmonlarning umumiy manfaatlariga javob beruvchi shariat hukmlariga monelik 
qilmaydi. Hoz. vaqtda ham bu mazhab qoidalarining Marokash, Tunis, Jazoir va Liviya 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
nikoh-oila va mulkka oid huquqiga sezilarli ta’siri bor. U Liviyaning bir qator jinoyat 
qonunlari asosini tashkil etadi. 
 
MOMOHOVO (qadimiy yahudiycha "havvo" -hayot manbai) - Odamatoning xotini, 
birinchi ayol va inson zotining onasi. Injilda Yeva nomi bilan ma’lum. M. Odamatoning 
qovurg‘asidan yaratilgan, deb sharhdanadi. U Iblisning so‘ziga kirib, Odamatoni man 
qilingan mevani totib ko‘rishga undaydi. Shu gunohi uchun M. jannatdan quvilib, yerda 
yashashga mahkum etiladi. Ular Makka yaqinida yana uchrashishadi. M. Odamato 
o‘limidan ko‘p o‘tmay qazo qiladi va uning yoniga dafn etiladi. Nakd qilishlaricha, M. 
gunohlari tufayli ayollar jismoniy azob chekishga -homilador bo‘lish, tug‘ish va h. k.ga 
mahkum etilgan. M.ning gunohiga qaramay taqvodor ayollar jannatga tushishi xususida 
Alloh va’da qilgan. 
MOTURIDIY, Abu Mansur al-Moturidiy (to‘liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn 
Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiy; 870-944) - buyuk 
imom, fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-xudo", "Imom 
al-mutakallimon" ("Hidoyat yo‘li imomi", "mutakallimlar imomi") nomlari bilan 
ulug‘langan. Samarqandning Moturid qishlog‘i (hoz. Jomboy tumani)da tavallud topib, to 
umrining oxirigacha shu yerda yashagan, bu yerda katta bog‘ ham barpo etgan. M. 
Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida o‘qidi, mahalliy hanafiy faqihlardan ta’lim oldi, 
keyin o‘zi fiqh va kalom ilmlaridan dars berdi. Vasiyatiga ko‘ra, Samarkanddagi 
Chokardiza qabristoniga dafn etilgan. M.ning asosiy asarlari "Kitob at-tavhid" 
("Yakkaxudolik haqidagi kitob") "Ta’vilot ahl as-sunna" ("Sunniylik an’analari sharhi")dir. 
"Kitob at-tavhid" bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohyyotining birinchi asari 
hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi ta’rifi berilgan muqaddimasida bilimning uch manbai: 
hissiy (sezgi) a’zolari vositasida, nakd-rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida 
axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan holda aql-
idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini ta’kidlaydi. 
M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar - juz’iy ixtiyor, e’tiqod, oxirat 
hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. "Ma’xaz ash-shari’a", ("Shariat asoslari 
sarasi"), "Kitob al-usul" ("Diniy ta’limot usuli kitobi"), "Kitob al-jadal" ("Dialektika haqida 
kitob") kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, 
uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ash’ariy (873-935) ishlab chiqqan islom aqvdasi 
asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik e’tiqodiga kirib qolgan noto‘g‘ri, g‘ayri sahih 
aqidalardan tozaladi. 
M. ilmiy merosini butun dunyo qiziqib o‘rganmoqda. Uning asarlari ayrim qo‘lyozmalari 
bizgacha yetib kelgan va qisman tadqiq qilingan. Jumladan allomaning Qur’onni to‘g‘ri 
o‘qish uchun mo‘ljallangan "Ta’vilot al-Qur’on" asari va uning uzviy davomi hisoblanmish 
"Irshod al-mubtadiyn fiy tajvidi Kalomi rabbul-olamin ("Qur’on o‘qishga kirishganlar 
uchun qo‘llanma") kitobi hozirda O’zR Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutida 
saqlanmoqda. Gettingen (GFR) universitetining prof. Rudolf Ulrix "al-Moturidiy va 
Samarqand sunniylik ilohiyoti" asarini 1997 y. nemis tilida nashr ettirdi. Uning o‘zbek 
tilidagi nashri ham tayyorlandi (Toshkent, 2001). O’zR Vazirlar Mahkamasining Qaroriga 
binoan 2000 y.da M. tavalludining 1130 yligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Shu 
munosabat bilan Toshkent va Samarqandda M. ta’limoti va uning islom olamida tutgan 
mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi, Samarqandda alloma qabri 
ustida yodgorlik majmuasi barpo qilindi. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin