Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
194
o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan dasturlar,
darsliklar, qo‘llanmalar asosida olib
boriladi. O’kuv mashg‘ulotlari ma’ruza, seminar tarzida o‘tkaziladi. Darslar o‘zbek va
arab tillarida olib boriladi. Talabalarga ingliz, rus va fors tillari ham o‘rgatiladi. O’quv
rejasi va dasturlari talablarini to‘liq
bajargan, bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli
topshirgan talabalarga diplom beriladi.
MIR DOMOD, Mir Muhammad Boqir ibn Shamsiddin Muhammad al-Husayniy al-
Astrobodiy (? - 1631/32) -
shia ilohiyotchisi za faylasuf, Isfahon falsafa maktabi
asoschisi. Astrobodda, mashhur shia oilasida tug‘ilgan. Tusda ta’lim olgan,
shoh Abbos I
davrida (1587-1629) Isfahonga borib saroyda xizmat qilgan. Ilohiyot va falsafa bilan
ko‘p shug‘ullangan. Najafda vafot etgan. MD.ning ma’naviy dunyosi Ibn Sino falsafasi,
as-Suxravardiyning ishroq teosofiyasi va shialikdagi imomat kontseptsiyasi ta’sirida
shakllangan. Olimlar o‘rtasida M.D. "Uchinchi muallim" ("Birinchi muallim"
- Aristotel va
"Ikkinchi muallim" - al-Forobiydan so‘ng) unvonini olgan. Ishroq g‘oyasi doirasida
Isfahon maktabi vakillari shialikdagi uzlarining ta’limotlarini yaratganlar. M.D. ko‘p
asarlar yozgan. Ularning orasida eng mashxurlari - "Kitob ar-ravashix as-:amaviya", "ar-
Risala al-xal’iya", "al-Jizavat" bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: