www.ziyouz.com kutubxonasi
201
shuning uchun topib olingan buyumning egasi noma’lum bo‘lsa, topgan kishining xususiy
mulki bo‘la olmaydi - uni xayriya maqsadlariga berish yoki sarflash lozim bo‘ladi
(bundan qad. xazinalar mustasno). Tashlandiq egasiz yer, uni qayta ishlagan shaxsning
xususiy yeriga aylanadi - bu holda yer o‘z mohiyatini yo‘qotgan, foydasiz bo‘lib qolgan
va shuning uchun xususiy egalik ob’ekti bo‘la olmaydi deb hisoblanadi. Biroq, amalda
tashlandiq yer ko‘pincha oldi-sotdi ob’ektiga aylangan, demak uning egasi hayotligida
yerga ishlov berilmagan hodda ham xususiy egalik huquqi bekor qilinmagan. Soliq
belgilashdagi farqlar, soliq maqomining o‘zgarishlari yerga xususiy egalik huquqiga ta’sir
qilmagan. Butun o‘rta asrlar tsavrida katta-katta mulk yerlari davlat boshliqlari ixtiyorida
bo‘lib kelgan. Musulmon huquqiga ko‘ra, M. nafaqat moddiy ob’ektlar, balki turli
huquqlar (mas., kanaldagi suvdan olinadigan ulushga bo‘lgan huquq) ham bo‘lishi
mumkin, ularni ham sotib olish va sotish, garovga berish ham mumkin bo‘lgan. Faqat
musulmon kishi uchun foydasiz yoki man etilgan narsalargana (vino, cho‘chqa va b.)
xususiy egalik ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.
MULLA - O’rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida musulmon odatining bilimdoni,
din xizmatchisi, diniy maktab o‘qituvchisi; savodli, ilmli odam.
MULLA SADRA, Sadriddin Muhammad ibn Ibrohim Sheroziy (taxm. 1572-1640) - Eron
ilohiyotchisi, faylasuf va so’fiy, safaviylar Eronidagi shialikning g‘oyaviy rahnamosi,
faylasuflarning Isfahon maktabi peshvosi Mir Domodning eng yaqin shogirdlaridan biri.
O’zining izdoshlari orasida Sadr al-muta’allihin - "teosoflar rahbari" nomi bilan ham
mashhur. Boshlang‘ich ta’limni Sherozda olgan, Isfahonda davom ettirgan, uzoq yillar
shayx Bahouddin Amiliy (1621 y. v.e.)ning muridi bo‘lgan: tafsir, shia hadislari, fiqh va
b.ni o‘rgangan, so‘ngra mustaqil dars berishga ijozat olgan.
Falsafa ilmida M.S.ga Mir Domod ustozlik qilgan Imomiy ilohiyotchilar uni hikmat va
irfonga berilib ketganlikda ayblab, ta’qib etishgani uchun M.S. to‘qqiz (yoki o‘n bir) yil
Qum yaqinidagi Kohak qishlog‘ida yashirin hayot kechirgan. M.S. Kohakdan Sherozga
qaytib, qokimning taklifiga ko‘ra Sherozdagi katta madrasada mudarrislik qilgan. M.S.
Sheroz falsafa maktabiga rahbar bo‘lgan, bu maktab Isfahon maktabi bilan bir qatorda
Eronning muhim ilmiy markaziga aylangan. M.S. o‘z muridlaridan to‘rtta shartga so‘zsiz
amal qilishni: boylik, dunyo lazzatlari, taqlid, itoatsizlikdan voz kechishni talab qildi. M.S.
ilohiyot va falsafaga doir qirqqa yaqin asar yozgan. Ibn Sinoning "ash-Shifo",
Suxravardiyning "Hikmat al-ishroq", al-Kuliniy (941 y. v.e.)ning "al-Kafi fi usul ad-din"
asarlariga sharhlar, shuningdek, Qur’onga batafsil tafsir yozgan, u mohiyatan ta’vil
hisoblanadi. Falsafaga doir "Kitob al-asfar al-arba’a al-akliya" yozgan. Eronda M.S.
hayoti va ijodiga qiziqish katta. Uning deyarli barcha asarlari va ularga sharxdar 20-a.da
nashr qilingan.