Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
200
ataladi.
Islom ulamolari ittifoqiga ko‘ra, payg‘ambar (as)ning ko‘p sahobalari ham M. bo‘lganlar.
Chunki, keyinga avlodlar ulardan islomning avvalidagi fikhiy ilmlarni olganlar. 8-a.ning
ikkinchi yarmidan boshlab mazhab asoschilari va ularning
usullarini ishlab chiqqan
izdoshlari M. deb atala boshlangan. M.lar uch darajaga ajratilgan: 1. Shariat
darajasidagi M. (mujtahid fi-sh-shar); u amaliyotda qo‘llagan manbalarni o‘zi aniqlagan,
o‘zi sharxlagan. U hech kimning e’tirozini qabul qilmasligi mumkin bo‘lgan. 2. Mazhab
darajasidagi M. (mujtahid fi-l-mazhab); u har qanday masalani faqat o‘z mazhabi
asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalarni yechish
darajasidagi M. (mujtahid fi-t-tarjih); u o‘zidan avvalgi M.lar hal etmagan masalalarni
tadqiq etish huquqiga ega bo‘lgan. Agarda ko‘rilayotgan masala bo‘yicha
hukmlar bir
necha bo‘lsa, u o‘zining ilmiy salohiyatiga ko‘ra, ulardan birini quvvatlashi mumkin
bo‘lgan. M. darajasiga da’vogar faqih fiqhiy bilimlarni mukammal egallagan, boshqa Mlar
bilan bo‘ladigan munozaralarda va ommaviy chiqishlarda o‘z qarashlarini himoya qilishi
lozim bo‘lgan. Undan tashqari M. arab tilini mukammal egallagan, Qur’on
va uning
tafsirlarini yod olgan, kamida uch ming hadisni sharxlari bilan bilishi shart bo‘lgan. M.
odob-axloqi, turmush tarzi namunali bo‘lishi lozim. Hatgo islomning dastlabki davrlarida
ham faqihlar ijtihodning birinchi va ikkinchi darajasiga kamdan-kam hollarda
erishganlar. Ko‘pincha ular vafotidan so‘ng ular shu darajada e’tirof etilgan. 11-a.dan
boshlab "ijtihod eshiklari yopilgach", bu umuman mumkin bo‘lmay qoldi. Sunniylikda oliy
darajadagi M.lar deb mazhablar asoschilari e’tirof etiladi. Hoz. vaqtda buyuk muftiylar,
yirik jamoalar (qavmlar)
rahbarlari, diniy universitetlar rektorlari va b. ba’zan uchinchi
darajadagi M. leb e’tirof qilinadi.
MUKOTAB - fiqhda o‘zini o‘zi sotib olishi haqida yozma bitim tuzgan kul (cho‘ri). Bitim
to‘lov mikdori, to‘lov muddati va shartlarini belgilagan. Bitim imzolangandan e’tiboran
xo‘jayin qulga bo‘lgan egalik huquqining bir qismidan mahrum bo‘lgan (faqihlarning
iborasiga ko‘ra, qul "xo‘jayinning mulkidan chiqadi, lekin uning egalik huquqidan
chiqmaydi"). Bitim imzolangach, cho‘ri xo‘jayin uchun
begona ayol maqomini oladi,
xo‘jayin u bilan birga yashash huquqidan mahrum bo‘ladi va bunga amal qilmasa jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
M. erkin harakat qilish va iqtisodiy faoliyat yuritish, xususiy mulk sotib olish huquqiga
ega bo‘lgan (faqat kul sotib olish emas), bitim imzolangandan keyin tug‘ilgan farzandlar,
bitim shartlari bajarilgach, erkin, ozod bo‘lganlar. Biroq, M. xo‘jayinning roziligisiz
turmush kura olmagan. Agarda M. navbatdaga badal yoki so‘nggi to‘lovni
berishni
kechiktirsa, unga qo‘shimcha muddat berilgan, uvdan so‘ng esa, bitim bekor qilingan.
Agarda to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanib kelinayotgan bo‘lsa, u holda hatto xo‘jayin va M.ning
bir paytda vafot etishlari ham bitimni bekor qila olmagan - barcha huquq va
majburiyatlar har ikki tomonning merosxo‘rlariga o‘tgan
MULK, M i l k (ko‘pligi - amlok) - ma’nodosh bo‘lgan va ko‘pincha aralash holda
qo‘llaniladigan istiloxdar (MLK o‘zagidan -"ega bo‘lmoq"). Mulk ham cheklanmagan
hokimiyat (jumladan, podsho hokimiyatini) va shak-shubhasiz xususiy egalikni, ham
mana shu xususiy egalik ob’ektini, milk esa - faqat xususiy egalik ob’ektini anglatadi.
Xususiy
egalik huquqi meros, sotib olish, in’om, xususiy egalik ob’ektini yaratish
(buyumlar yasash, unumsiz yerni o‘zlashtirish, foydali qazilmalar qazib chiqarish va b.)
va harbiy o‘lja sifatida bosib olish yo‘li bilan vujudga keladi. M. muddatga ega emas,