Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
203
MURID (arab. - ergashuvchi) – ixtiyoriy ravishda izdan boruvchi, shogird. Tasavvufda
tariqat murshidlaridan dars oluvchi shogird ma’nosida ishlatiladi. M. shayx, pir, murshid
oldida o‘z zimmasiga muayyan majburiyatlar oladi, ular bilan pinhona ishonchli
munosabatlar o‘rnatadi va ularning irodasiga bo‘ysunadi. Umuman M. atamasi so’fiy va
hatto oddiy musulmon ma’nolarini ham anglatadi.
MURIDCHILIK - so’fiylikning Shim. Kavkazda yoyilgan shakli. M. so’fiylik ta’limotining
zohidlik, murshidlik va imomat g‘oyalariga asoslangan. M. 19-a.da o‘ziga xos diniy-
siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib, G’ozi Muhammad, Hamzat, Shomil kabi
imomlar rahbarligida tog‘liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo‘lgan. Imomlar
bu urushga diniy tus berib (g‘azovot e’lon qilib), islom dini va shariatga asoslangan
teokratik davlat - imomlik tuzishga uringanlar. Lekin, tog‘liklarning olib borgan bu
kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. M. diniy mutaassiblikka asoslangan mafkura
sifatida maydonga chiqqan.
Dostları ilə paylaş: