Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
MUHAMMAD (sav), Ahmad ibn Abdulloh (570/571 - 632) - islom dini payg‘ambari va 
musulmonlarning birinchi jamoasi asoschisi. Musulmonlar e’tiqodiga ko‘ra, Allohning 
oxirgi payg‘ambari va uning elchisi. U zot orqali odamlarga Qur’on nozil qilingan. Islom 
ta’limotiga ko‘ra, M. nomlarini aytgan yoki eshitgan kishi "sallalohu alayhi vasallam" 
(sav) - "unga Allohning rahmat va salomi bo‘lsin" yoki "alayhissalom" - "unga salmlar 
bo‘lsin" deb salovat aytib qo‘yish vojib hisoblanadi. Quraysh qabilasining hoshimiylar 
urug‘iga mansub, Makkada uncha boy bo‘lmagan, lekin Makka zodagonlariga yaqin 
oilada tug‘ilganlar. M. (sav)ning bolalik va o‘smirlik yillari haqidagi ma’lumotlar juda 
kam. M. (sav) go‘dakliklaridayoq yetim qolganlar; otalari Abdulloh - payg‘ambar (as) 
tug‘ilmaslaridan avval, olti yoshliklarida esa - onalari Omina vafot etgan. So‘ng M. 
(sav)ni o‘z tarbiyasiga olgan bobolari Abdulmuttalib ham ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. 
Yetim bolani tarbiya qilishni amakilari Abu Tolib o‘z zimmasiga oladi. 12 yoshlarida M. 
(sav) bir muddat Abu Tolibning podasini boqadilar, keyin tijorat ishlariga jalb qilinganlar. 
21 yoshlarida Abu Tolib M. (sav)ni Huvaylid ibn As’adning qizi, badavlat beva ayol 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
209
Xadicha xonadoniga dastyorlikka beradi. Xadichaning savdo ishlari bilan shug‘ullangan 
M. (sav) Suriyaga safar qilganlar. xususan. Xalab va Damashq shaharlariga boradilar. M. 
(sav) 595 y. 25 yoshda 40 yoshlarga borib qolgan Xadichaga uylanganlar. Xadicha 
hayotligada M. (sav) boshqa xotin olmaganlar. M. (sav)dan Xadicha uch o‘g‘il (Qosim, 
Tohir, Tayyib) va to‘rt qiz (Ruqiya, Zaynab, Ummu Kulsum, Fotima) ko‘rgan. O’g‘illari 
go‘dakligidayoq vafot etgan. Qizlaridan Fotimagana M. (sav) avlodlarini davom ettirgan. 
Xadicha vafotidan so‘ng M. (sav) bir necha bor uylanganlar (lekin, Oishadan boshqa 
bokira qiz xotin olmaganlar), ulardan farzand ko‘rmaganlar. Faqat joriyalari Moriyadan 
Ibrohim ismli o‘gil bo‘lgan. U ham juda yoshligida nobud bo‘lgan. M. (sav) qirq yoshga 
to‘lganlarida o‘zlarini boshqacha seza boshlaganlar. Yolg‘izlikni qo‘msab, Makka yonidagi 
Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga borib ibodat bilan mashg‘ul bo‘lar, o‘yga tolardilar. Taxm. 
610-y.da M. (sav) Makkada o‘zlarining xudodan vahiy olayotganlarini e’lon qiladilar. Buni 
birinchilardan bo‘lib Xadicha, M. (sav)ning amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib hamda 
asrandi g‘illari Zayd ibn Horisa e’tirof etib imon keltirishgan. Ko‘p o‘tmay, Makkaning eng 
nufuzli savdogarlaridan Abu Bakr, Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abdurahmon ibn 
Avf va Usmon ibn Affon M. (sav)ning chin payg‘ambar deb tan olishgan. M. (sav) 
izdoshlari jamoasi dastlabki paytlarda 50 kishidan oshmagan. Makkaning qolgan aholisi, 
ayniqsa, nufuzli qurayshiylar esa, M. (sav) ta’limotlarini ochiqdan-ochiq dushmanlik bilan 
qarshi olgan. Buning natijasida M. (sav) tarafdorlaridan 11 xonadon (50 ga yaqin odam) 
Habashiston (hoz. Efiopiya)ga ko‘chib ketgan. M. (sav) jamoalariga jasur jangchilar 
sifatida tanilgan Hamza bilan Umarning qo‘shilishi jamoaning mavqeini oshirdi. Ayni 
vaqtda quraysh zodagonlarining M. (sav) va u zotning tarafdorlariga dushmanligi yanada 
kuchaydi. 620 y.da Xadichaning, so‘ngra Abu Tolibning vafotidan so‘ng Makkada vaziyat 
yomonlashadi, M. (sav) muayyan xatar ostida qoladilar. Har yilgi an’anaviy Makka 
ziyoratiga kelgan Yasrib (hozirgi Madina sh.)lik Avs va Xazraj qabilalarining vakillari M. 
(sav) bilan uchrashib, sodiqlik bildirishadi va yordam qilishga va’da berishadi, M. (sav)ni 
Yasribga ko‘chib borishga da’vat qilishadi. Avval M. (sav)ning izdoshlari (ashoblar) o‘z 
oilalari bilan quraysh zodagonlaridan maxfiy ravishda guruh-guruh bo‘lib ko‘chadi. 
Oxirida M. (sav)ning o‘zlari Abu Bakr (ra) bilan jo‘nab ketadilar. 622 y.da yuz bergan bu 
ko‘chish payti (arab. xijra)dan musulmonlar erasi - hijriy yil hisobi bolshanadi. Dastlab, 
ko‘pchilik Makkalik musulmonlar, keyinchalik M. (sav)ning o‘zlari ham Yasribga ko‘chib 
o‘tishgan (Rabiul avval oyining 12 yoki 8-sanasida yoki 622 y.ning 24 yoki 22 sent.ida). 
Yasrib Madinat an-Nabiy ("Payg‘ambar shahri") yoki shunchaki, Madina deb atala 
boshlandi. M. (sav) jamoaning oddiy da’vatchisidan siyosiy yetakchisiga aylanganlar. 
Asta-sekin Makkadan M. (sav) bilan birga ko‘chib kelgan musulmon - muhojirlar va 
madinalik musulmon ansorlar M. (sav)ning asosiy tayanchlari edilar. 
Shanba o‘rniga musulmonlar uchun jamoa bo‘lib namoz o‘qiladigan juma kuni 
belgilanadi. Ka’ba muqaddas haj ziyoratgohi deb e’lon qilinadi. U islom dinining asosiy 
ziyoratgohi, ibodat qiluvchilar o‘sha taraf (Qibla)ga qarab ibodat qiladigan bo‘ldilar. 
Madinada birinchi masjid, M. (sav) uylari quriladi, musulmon arkonlari (aqoid) -ibodat, 
tahorat, ro‘za, namozga chorlash - azon xayr-ehson ehtiyojlari uchun zakot yig‘ish 
qoidalari ishlab chiqila boshladi. M. (sav) Allohning elchisi, odamlarga ilohiy yo‘l-yo‘riq 
va qonunlarni yetkazuvchi payg‘ambar deb taniladilar. Madinada M. (sav) atroflariga 
birlashgan muhojir va ansorlardan iborat musulmonlar jamoasi (umma) vujudga keldi. 
Bu jamoa Arabistonda azaldan hukm surib kelgan qon-qarindoshlikdan iborat urug‘-
qabilachilik birlashmalari asosida emas, balki yagona diniy ta’limot asosida vujudga 
kelgan edi. Umma diniy ruhdagi uyushma bo‘lib, M. (sav) ayni vaqtda jamoaning ham 
diniy, ham dunyoviy, ham harbiy rahbari edilar. Hijradan so‘ng bir necha yil davomida 
Madina va atrofdagi arablar islomni qabul qilib, jamoaga a’zo bo‘lib kirishdi. Shahardagi 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin