Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
yahudiylar musulmonlar bilan tuzgan ahdnomani buzgani uchun qisman haydab 
chiqarildi, bir qismi qirib yuborildi. Shunday qilib, M. (sav) diniy ta’limot, marosimlar va 
jamoani uyushtirishning asosiy tartib qoidalarini shakllantirganlar. Bu qonun-qoidalar 
keltirilgan vahiylarda kisman M. (sav)ning va’zlari, xatti-harakatlari va qarorlarida o‘z 
aksini topdi. 
Madina davrining avval boshidan jamoani jipslashtirish va uni kengaytirishning 
shakllaridan biri makkalik mushriklarga qarshi kurashish edi. 623 y. musulmonlarning 
Makka savdo karvonlariga hujumlari boshlandi. Makkaliklarga qarshi uyushtirilgan 
iqtisodiy urush, ular farovonliganing asosiy manbai bo‘lgan savdo karvonlari ishini 
chippakka chiqardi. 624 y.da Badr qudukdari oldida, (q. Badr jangi) 625 y.da Uhud tog‘i 
etagida (q. Uhud jangi) janglar bo‘ldi. 626 y.da makkaliklar madinaliklarga uzil-kesil 
zarba berish maqsadida yirik harbiy safarga otlanishdi. M. (sav) Madinani uzoq qamal 
sharoitiga tayyorladilar, shahar atrofiga chukur xandaqlar qazildi va u yerlarga kamonchi 
o‘qchilar joylashtirildi. Qattiq to‘zonli shamollar qamal qiluvchilarni toliqtirdi, ular orasida 
nizolar boshlandi. Natijada Madina qamali bekor qilindi, bu g‘alaba Madina jamoasini 
yanada jipslashtirish bilan birga, unga yangi-yanga badaviy qabilalarning qo‘shilishiga 
olib keldi. Hijraning 6-yilida makkalik quraysh zodagonlari mavjud muammolarni 
kelishuvchilik yo‘li bilan bartaraf etish uchun M. (sav) bilan tengma-teng muzokara olib 
borishga majbur bo‘lishdi. Xususan, Xudaybiyada muhim bitim tuzildi: unga ko‘ra, 
makkaliklar kelgusi yili Madina musulmonlarining Ka’ba ziyoratiga to‘sqinlik qilmaslik, 
ular Makkaga kelgan kunlari shahardan tashqariga chiqib turish majburiyatini oldi. 
Madinaliklar o‘z navbatida bundan buyon Makka karvonlariga tegmaydigan bo‘ldi. Bu 
davrga kelib makkaliklarning G’arbiy Arabistondagi siyosiy ta’siri tobora zaiflasha 
boshlagan edi. Shu sharoitda Makka hukmron doiralari M. (sav) jamoasi bilan 
munosabatlarni mustahkamlash zarurligini tushuna boshladi, Madinaga qarshi 
kurashning yetakchilaridan biri bo‘lgan Abu Sufyon M. (sav) tarafiga o‘tdi. 630 y.da 
Makka M. (sav)ga jangsiz taslim bo‘ldi, islomning diniy markaziga aylandi. Ka’ba ichidagi 
butlar va sanamlar buzib tashlandi, u yangi dinning eng muqaddas sajdagohiga 
aylantiriddi, bu yerga ziyorat (haj) qilish bu dinning shartlaridan biri deb e’lon qilindi. 
Makkaliklarning o‘zlari esa M. (sav) jamoalariga qo‘shildi. Bu hol M. (sav) jamoalarining 
badaviylarga ta’sirini yanada kuchaytirishda va ular o‘rtasida islomni kengroq yoyishda 
muhim ahamiyat kasb etdi. 631 y.da ko‘p qabilalar M. (sav)ga bo‘ysundi va islomni 
qabul qildi. Hijraning 10-yili (632 y. martida) M. (sav)o‘z oila a’zolarini olib, Madina 
atroflaridagi 100 mingdan ortiq kishi bilan Makkaga birinchi va oxirga marta ziyorat 
(haj)ga bordilar. Buni islomda hajjat ul-vado’ deyiladi. Mana shu ziyorat Makkaning 
islom diniy markazi sifatidagi mavqeini uzil-kesil hal etdi. O’shandan buyon o‘tgan 
barcha asrlar davomida musulmonlar Makkani ziyorat qiladi. Ana shu ziyoratdan uch oy 
keyin uzoq davom etmagan kasallikdan so‘ng M. (sav) Madinada vafot etadilar. 
Payg‘ambar (as)ni o‘z hujralariga dafn qilishgan, maqbaralari keyinchalik u yerda 
qurilgan katta masjid ichiga olingan, musulmonlarning ziyoratgohiga aylantirilgan. 
M. (sav)ning hayotlari va tarjimai hollari Siyrdyaa, u zotning so‘zlari va qilgan ishlari 
haqidagi rivoyatlar Hadislarda bayon etilgan. Islom ta’limotida M. (sav) komil inson 
sifatida ta’riflanadilar. Sunnada payg‘ambar (as)ning hayotlari barcha musulmonlar 
uchun namuna bo‘lishi kerakligi ta’kidlanadi. Islom an’anasida M. (sav) hech qanday 
g‘ayritabiiy, ilohiy xususiyatga ega emasliklari, balki hamma kabi oddiy odam, lekin 
Allohning chin va oxirgi paygambarlari ekanliklari qayd etiladi. M.(sav)ning shaklu 
shamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa payg‘ambarlardan farq etadigan 
xususiyatlari to‘g‘risida birga yurgan, suhbatlaridan bahramand bo‘lgan sahobalar 
hamda nikohida bo‘lgan ayollari tomonidan naql qilingan rivoyatlar asosida ko‘plab 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin