MUHOKAMA - sud jarayoni. Sud yuritish tartibi islomda, asosan, 8-a. o‘rtasiga kelib
shakllangan. U uchta tamoyilga asoslangan: jarayonda tomonlarning shaxsan ishtirok
etishi, jarayonning oshkoraligi, jarayonning uzluksizligi. Jarayon og‘zaki olib borilmog‘i
lozim, yozma guvohliklar va dalillar esa, xotira uchun yozuv sifatida qaralgan, ularning
haqqoniy ekani guvohlar (shohidlar) tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘lgan.
Tomonlarning o‘zlari ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atganlar va o‘zlari himoya qilganlar. Agarda
tekshiruv lozim bo‘lsa, uni qozi yoki uning vakshsh olib borgan. Agar tomonlardan biri
jarayonda ishtirok qila olmasa, uning nomidan vakil qatnashgan, lekin unga albatta
qozining ruhsati lozim bo‘lgan. Tomonlar tashqaridan taklif etilgan huquqshunoslar
ko‘magidan foydalanishlari mumkin bo‘lgan, ular jarayonda advokatlik vazifasini
bajarishgan, lekin, sud uchun ular faqat guvoh hisoblanishgan. Keng oshkoralikni
ta’minlash uchun jarayon shunday joyda o‘tishi kerakki, u yerda xalq to‘plana olsin:
maydonda, hokim yoki qozining uyi oldida, maxsus xona (mahkama)da va b. Sud shtati
doimiy bo‘lmagan: qozi o‘z xohishiga ko‘ra unga kotib, tarjimonlar, xabarchilar va b.ni
kiritgan, ularga sudning umumiy xarajatlaridan pul to‘lagan. Sud jarayoni vaqtida
haqiqat, yoki tomonlarning biri boshqasini haq ekanini e’tirof etishi, yoki guvohlarning
ko‘rsatmalari, yoxud tomonlarning biri qasam ichib o‘z hakdigiga ishontirishi yo‘li bilan
aniqlangan. Jarayon quyidagi tartibda o‘tkazilgan: ayblov yoki da’vo qo‘zg‘atilgach, qozi
tomonlarning kelish imkoniyatlarini hisobga olib ishning ko‘rilish joyi va vaqtini
tayinlaydi. Jarayon boshlanishida ayblovchi tomon o‘z ayblovi yoki da’vosini izhor etib,
imkoni boricha dalillar va guvohlarning ko‘rsatmalarini keltiradi, ayblanuvchi tomon
o‘zini himoya etuvchi dalil, asoslarni keltiradi. Bordi-yu, tomonlardan biriga qo‘shimcha
dalillar to‘plash uchun vaqt zarur bo‘lsa, jarayon shu davrga kechiktirilishi mumkin.