Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
214
paytlarda uning bahosini ma’lum chegaradan oshirmaslik, shuningdek, kemalar va hatto
hammol, yuk tashuvchi hayvonlarga qancha yuk ortilganini ham tekshirib turish va h.k.
bilan shug‘ullangan. M. lavozimi ayrim xristian davlatlari (Quddus qirolliga,
Armaniston)da ham bo‘lgan. Yaqin-yaqin vaqtlargacha (1920 y.ga qadar) Buxoroda M.
turli vazifalarni bajarib kelardi. O’zbekiston musulmonlari idorasvda masjidlarning
moddiy va ma’naviy faoliyatini nazorat qilib turuvchi muhtasiblik bo‘limi mavjud.
MO’MIN (arab. - e’tiqod
qiluvchi, dinga ishonuvchi) - ilk islom davrida Madina jamoasi
(q. Umma) a’zosi. Shar’iy amallarni to‘kis bajaruvchi shaxs esa, muslim deb atalgan. M.
va muslim lug‘aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilngan. Keyinchalik ular bir mazmunda
tushuniladigan bo‘lgan. Qur’onda M. so‘zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki,
axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida besh joyda qo‘llanilgan.
Ulamolar kimni M. qatoriga kiritish haqida turli fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, axli
sunna va jamoa "qalban ishongan" (akd bi-l-qalb), o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon
qilib
(iqror), chin niyat bilan yaxshi, solih amallarni qiluvchini M. deb hisoblaydi. Murji’iylar
bo‘lsa, qalban ishongan va o‘z imonini ochiq, barchaga e’lon qilgan kishi (solih amal
qilmasa ham) M.dir, deydilar. M.ning mana shu ikki asosiy mohiyati haqidagi fikr boshqa
tariqat va oqimlar tomonidan e’tirof qilingan. M. -oddiy xalq tilida yuvosh,
muloyim
odam degan ma’noni ham bildiradi.
MO’JIZA (arab. - aqlni ojiz qoldiruvchi hodisa) - payg‘ambarlarning haqiqatan ham
Alloh tomonidan bandalarga yuborilgan elchilar ekaniga dalil-hujjat sifatida yuz
beradigan g‘ayri tabiiy hodisa. Mas., Muso (as)ning hissasi tayoq sifatida qo‘y
haydashdan tashqari, kerak paytda boshqa shaklga kirib, daryoga ko‘prik bo‘lar, yoki
ajdarga aylanib payg‘ambar foydasiga xizmat qilar edi. Qo‘llari qo‘yniga suqib olingach,
tunda yo‘lni yoritishdek yog‘du sochar edi. Iso (as)ga og‘ir, bedavo
kasalliklarni ham bir
nafas bilan tuzatish, murdalarni tiriltira olish kabi mo’jizalar ato etilgan. Muhammad
(sav) esa, bir necha o‘nlab mo’jizalarga ega bo‘lganlar. Ularning ichida eng ulug‘i -
o‘qish, yozishdan mutlaqo xabari yo‘q savodsiz (ummiy) shaxsning Qur’oni karim
oyatlarini yoddan tilovat etishi va ularning nazm va mazmun jihatidan bashariyat
imkonida yo‘q oliy darajada aytilgan ilohiy vahiy ekanidir. G’ayritabiiy
hodisalar deganda
havoda bevosita uchish, suv betida yurish, uzoq masofani bir lahzada bosib o‘tish, jonsiz
narsalarni gapirtirish, zarur hojatlarning ravo bo‘lishi, duosining
ijobat etilishi kabi ishlar
nazarda tutiladi. Bu xildagi hodisalar aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa u karomat deyiladi.
Dostları ilə paylaş: