NAQIB (arab. - boshliq, yetakchi, rais) -o‘zlarini Muhammad (sav) avlodlarvdan deb
hisoblaydigan sayid (o‘zbeklar orasida -to‘ra)lar jamoalarining yetakchilari,
rahbarlarining lavozimi. N. lavozim sifatida o‘rta asrlarda xalifalar hukmronligi davrlarida
vujudga kelgan, hukmdorlar N.lar orqali sayidlar jamoalari bilan muomala qilgan. N.lar
xazinadan ta’minlab turilgan. Keyinchalik N.lar sayidlar jamoalari va avlodlarining
rahbarlari, ularning hayoti va turmushida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi rahnamolari sifatida ish
ko‘rgan. Xorijiy mamlakatlarda Nlar hozir ham bor, ular sayidlar jamoalari hayotini
boshqaradi, ular nomidan davlat hokimiyati vakillari bilan muomala qiladi. N.lik lavozimi
avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tgan.
NAQSHBANDIYLIK - tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan.
N. ta’limotining asosida "ko‘ngil Xudoda bo‘lsin-u, qo‘l ish bilan band bo‘lsin" ("dil ba
yoru, dast ba kor") shiori yotadi. Unga ko‘ra, dilni Alloh bilan bog‘lagan hodda kasbu
hunar va qo‘l mehnatini aslo tark etmaslik kerak. Faqirona yashash, xayr-ehson hisobiga
emas, o‘z mehnati hisobiga hayot kechirish lozim. Bu g‘oya tariqat asoslanadigan o‘n bir
qoidada ham o‘z ifodasini topgan. Turonzamin tasavvufida zikr tushishning ikki usuli
amalda bo‘lgan. Biri - zikri lisoniy, ikkinchisi - zikri xufiya. N.da zikri xufiya amalda
bo‘lib, bunda zikr tushayotgan solik so‘zlarni til bilan talaffuz qilmaydi, ovoz
chiqarmaydi, so‘zlar faqat dilda aytiladi. N. o‘zidan oldingi oqimlardan bevosita hayotga
yaqinligi bilan ajralib turadi. N. tasavvufdagi ilgarilari amalda bo‘lgan qattiq qoidalarni
bir qadar yumshatdi, mo’tadillashtirdi, kundalik turmushga mosladi. Bu esa, N.ning keng
aholi qatlamlari ichiga kirib borishini taminladi. N. O’rta Osiyo, O’rta va Yaqin Sharq
halklarining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotida muhim o‘rin egalladi. Yusuf
Hamadoniy, Abdulxoliq Rijduvoniy N. tariqati rivojiga hissa qo‘shdilar. 15-a.da Xoja
Ahror bu tariqatning eng yirik rahnamosi bo‘lib maydonga chikdi. Temuriylar davrida
mashhur shaxslar N. pirlariga murid bo‘lgan edi. Jomiy, Navoiy, Bobur, Mashrab kabi
shoirlar N. tariqatida edilar. Ular o‘z asarlarida N. ta’limotini targ‘ib etdilar. N. O’rta
Osiyodan tashqari, Kichik Osiyo, Kavkaz, Kurdiston, Afg‘oniston, Eron, Pokiston,
Hindiston, Turkiya va hatgo AQShda keng tarqaldi. Ayrim musulmon mamlakatlarida
hozir ham bu tariqat katta mavqega ega.