www.ziyouz.com kutubxonasi
226
- O - ODAMATO (as) - Qur’onga ko‘ra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam
va inson zotining otasi. Alloh O. (as)ni loydan o‘zining yerdagi o‘rinbosari (xalifa) sifatida
yaratib, unga o‘z ruhidan jon ato etgan. O. (as) Abul-bashar (insoniyat otasi) deb ham
ataladi. Islomda O. (as) birinchi payg‘ambar hisoblanadi. Alloh O. (as)ga barcha
narsalarning nomlarini o‘rgatdi va bu bilan O. (as)ni farishtalardan yuqori qo‘ydi (Baqara
surasi, 32-33-oyatlar) va farishtalarga O. (as)ga bosh egib sajda qilishni buyurdi. Faqat
Iblis sajda qilishdan bosh tortdi (Sod surasi, 73-78-oyatlar). Iblis takabburligi va
sarkashligi tufayli jannatdan quvildi. O. (as) jufti haloli Momohavo bilan jannatda
yashab, ularga barcha ne’matlardan yeyishga ruhsat berildi, faqatgina bir daraxtning
mevasidan yeyish taqiklandi (A’rof surasi, 19-21-oyatlar). Iblis O. (as) bilan
Momohavoni aldab taqiklangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular
jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum
etiladi.
OISHA (ra) (613-678) - Muhammad(sav)ning xotinlari, birinchi xalifa Abu Bakrning qizi.
Laqablari Siddiqa, unvonlari Ummul-mo‘minin (Mo‘minlar onasi)dir. Muhammad (sav)
vafotlaridan keyin O. (ra) xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o‘rtasidagi munozaralarda
faol ishtirok etgan. O. (ra) payg‘ambarning safdoshlari Talha va Zubayr tomonida turib
Ali tarafdorlariga qarshi chiqqan.
Islom tarixida hazrati O. (ra)ning ilm jihatdan mavqei juda balanddir. O. (ra) bevosita
Muhammad (sav) bilan birga yashagani tufayli juda ko‘p hadislarning roviysi
hisoblanadi. Sahobalar ba’zi oilaviy munosabatlarga doir murakkab masalalarni O.
(ra)dan so‘rab bilib olar edilar. Abu Bakr, Umar va Usmon (ra) zamonlarida fatvolar ham
bergan. O. (ra) tafsir, hadis, fiqhni mukammal bilgan, arab tili va adabiyotidan yaxshi
xabardor bo‘lgan. Hazrati O. (ra) nihoyatda qanoatli ayol bo‘lib, butun hayoti davomida
bir juftgina oyoq kiyim, bir nechtagina ko‘ylak kiyganlari rivoyat qilinadi. Mil. 678 y. 13
iyulda vafot etgan, janozasini Abu Hurayra (ra) o‘qigan. Madinadagi Baqiy qabristoniga
dafn qilingan.