Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
224
Iroqda uning sha’niga atab tangalar zarb etilgan va xutbalar o‘qilgan. Uning dovrug‘i
Kurdiston, Ozarbayjon, Gilonga tarqalgan. Temuriylardan Shohruh davri (1405-1447)da
N. tariqati qattiq quvg‘in ostiga olingan. Nurbaxsh qolgan umrini Ray viloyatidagi kichik
qishlokda shogirdlari orasida o‘tkazgan.
N. g‘oyalari Eronda safaviylar ta’limotini qaror topishiga zamin hozirlagan. N. ta’limoti
Muhammad Nurbaxshning "ar-Risolat al-i’tiqodiya" va "al-Fiqh al-axvat"
kabi asarlarida
bayon etilgan. N. ta’limoti negizida ikki imomlikka e’tiqod qilish yotadi: haqiqiy
(haqiqiya) va qo‘shimcha (idofiya), ularni shuningdek, "katta jihod" va "kichik jihod" deb
ham ataydilar. Imomning tashqi va ma’naviy sifatlari majmuasi "kichik jihod" deb
ataladi.
Haqiqiy imom, qo‘shimcha sifatlarga ega bo‘lib valiy darajasiga ham yetishi
lozim. Bunga faqat Ali ibn Abu Tolib (kv) erishgan. "Kichik jihod" belgilarini valiylik bilan
uyg‘unlashuvi,
Nurbaxshning fikricha, "katta jihod"ni tashkil qilgan. Nurbaxsh
Muhammad (sav) davrlaridagi urf-odatlarni tiklash va saqlab qolishga, "yanga
udumlar"ni (bid’at)ni bekor qilishga da’vat qilgan.
Dostları ilə paylaş: