www.ziyouz.com kutubxonasi
225
NUMON ibn BASHIR, to‘liq ismi An-Nu’mon ibn Bashir ibn Sa’laba ibn Sa’d al-Ansoriy
al-Xazrajiy (taxm. 623-683) -sahoba. Onasi - Amra bint Ravoha (Abdullo ibn
Ravohaning sinshisi) sahobalardan bo‘lgan. N.i.B. juda ko‘plab hadislarni rivoyat qilgan
va ko‘plab tobe’inlar undan hadislarni rivoyat etgan. Muoviya ibn Abu Sufyon zamonida
(661-680) Xums va Kufada amir bo‘lgan. Xalifa Yazid ibn Muoviya (680-683) vafotidan
so‘ng, xalqni Abu Bakr Siddiq, (ra)ning nabirasi az-Zubayrga bay’at qilishga chaqirgani
uchun Xums aholisi undan norozi bo‘lib o‘ldirgan.
NUH (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Injildaga Noyga to‘gri
keladi. Qur’onga ko‘ra, Alloh N.(as)ni o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborgan. N. (as) o‘z
qavmi ichida uzoq umr ko‘rdi, ya’ni, 950 yil yashadi (Ankabut surasi, 14-oyat). U turli
iloxlarga, butlarga sig‘ingan qavmini to‘g‘ri yo‘lga boshlab, faqat Allohga ibodat qilishga
da’vat etdi. Lekin qavm uning so‘ziga kirmadi, uni masxara qildi. N.(as)ning da’vatiga
hatto o‘zining xotini va bir farzandi ham ishonmadi. Shunda N.(as) Allohdan yordam
berishni, kofirlarni jazolashni so‘radi (Shuaro surasi, 118-119-oyatlar). Alloh uning
iltijosini qabul etib, N.(as)ga kema yasashni va barcha jonivorlardan bir juftdan olib
kemaga joylashtirishni buyurdi. Keyin osmondan juda ko‘p yomg‘ir yog‘dirdi, yerning
hamma tomonidan ham suv chiqartirdi. Osmon suvi bilan yer suvi qo‘shilib ulkan to‘fon
paydo bo‘ldi. To‘fonda barcha kofirlar halok bo‘ldi, faqat kemadagilar sog‘ qoldilar. To‘fon
boshlanishidan oldin N.(as)ning farzandlaridan biri kemaga chiqmadi. N. (as)ning otalik
mehri qo‘zg‘ab, o‘g‘lini kemaga chiqishga undadi. Allohga kufr keltirgan farzand esa,
otasiga rad javob aytib imon keltirishdan yana bosh tortdi va toqqa chiqib jon
saqlamoqchi bo‘ldi, lekin u ham halokatga uchradi (Hud surasi, 45-47-oyatlar). Suv
pasaygandan keyin kema Judiy tog‘i ustida to‘xtadi. Kema tog‘ tepasiga kelib to‘xtab,
yer to‘fon suvini yutib bitirgach, Alloh N. (as)ni kemadan yerga tushishga buyurdi. N.
(as) va unga imon keltirgan kishilar kemadan tushishdi. Bu zamin Musil degan yurt edi.
N. (as) qissasini bayon qiluvchi "Nuh" surasi ham nozil bo‘lgan.