QADARIYLAR (arab. - takdir) - islomdagi ilk ilohiyot oqimlaridan biri (qadariya)
tarafdorlari. Islom ilohiyotining shakllanish davrida bir qancha aqidaviy masalalar qatori
taqdir va iroda erkinligi masalasi ham jiddiy tortishuvlarga saba( bo‘lgan. Dastlabki
davrlarda islomda takdirning oldindan ilohiy belgilanganligi to‘fisidagi tasavvur asosiy
o‘rin egallagan edi, chunki, taqtsirga ishonish o‘sha davrdagi jihod urushlari uchun qo‘l
kelar, shuningdek Muhammad (sav)ning Allohning elchisi (rasuli) ekanliklarini tan olish
orqali xalifalar hokimiyatining qonuniyligini asoslash uchun xizmat qilar edi. Keyinchalik
(7-a. oxirlarida) taqdirga ishonuvchilar orasida ichki ziddiyat sezila boshlagach, K paydo
bo‘ldi (ulardan faqat Ma’bad va Ato ibn Jassor nomlarigana ma’lum). Q. inson iroda
erkinligini yokdab chikdi, taqdiri azal tarafdori bo‘lgan jabariylarga. qarshi kurash olib
bordi. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo
oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas, xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin,
gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog‘liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga
ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga keldi. Ularning ta’limotini 8-a.
oxirlaridan mutazshshylar davom ettirdi.
QAZO VA QADAR - islomda mo‘min-musulmonlar e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan
masalalardan biri. Ulamolar "qazo" va "qadar"ni quyidagacha ta’riflaydilar: "Qazo - Alloh
taoloning hamma narsalarning kelajakda qandoq bo‘lishini azaldan bilishidur". "Qadar -
o‘sha narsalarning Allohning azaliy ilmiga muvofiq ravishda vujudga kelishidir". Ahli
sunna val jamoa mazhabiga binoan balog‘atga yetgan musulmonga Alloh taolo
bandalarning hamma ishini, maxluqotlarga bog‘liq narsalarni avvaldan bilishiga imon
keltirishi vojib bo‘ladi. Q. va Q. Allohga imon keltirish asosidagi islom aqidalaridan biri