Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
232
- Q -
QABALA (ko‘pligi qabalot) - odatda, davlatga nisbatan moliyaviy majburiyat. 8-a.da
Misrda ayrim shaxs tomonidan bugun jamoa uchun oldindan davlatga soliq to‘lab qo‘yish
majburiyati (ma’zun),
shuningdek, badaviylarga belgilangan ma’lum
yerlardan tirikchilik
qilish. So‘nggi o‘rta asrlarda Q. – soliklar to‘plash (odatda shahar, savdo) huquqini
davlatdan ijaraga olish. Q. so‘zi musulmon xalqlari tiliga "qarz majburiyati" ma’nosida
kirgan, ruscha "kabala" so‘zi shundan.
QABBONIY Muhammad Hishom (1945, Livan) islom nazariyotchisi, naqshbandiylik
namoyandalaridan biri, shayx. Tibbiyot va islom huquqi fanlari doktori. Q.
Amerikadagi
"Musulmonlar hamkorligi" harakati rahbari, "as-Sunna" jamg‘armasi hamda "Kamilat"
nomli musulmon ayollari tashkilotining raisi, Amerika inson huquqlari bo‘yicha
kengashining, shuningdek, AQSh Davlat departamentining diniy erkinlik masalalari
bo‘yicha maslahatchisi. Q. "Islom arkonlari va imon" qomusi, "Naqshbandning so’fiylik
tariqati" kabi asarlarida islom dinining bugungi kundagi dolzarb masalalarini taxlil qiladi.
U o‘z asarlari va chiqishlarida diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg‘unchilik xatti-
harakatlarini qoralaydi. Q. 2000 y. 15-18 sent.da Toshkentda
YUNESKO rahnamoligida
o‘tgan "Jahon dinlari - tinchlik madaniyati yo‘lida" mavzuidagi xalqaro anjumanda
ishtirok etdi. Q. xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, mo’tadil, zamon talablariga
javob beradigan islomni targ‘ib etish tarafdori.
Dostları ilə paylaş: