Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc


Islom Ensiklopediyasi  www.ziyouz.com



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
QIROAT (arab. - o‘qish) - islom an’anasida Qur’on oyatlarini tajvid qoidalariga rioya 
qilgan holda, o‘ziga xos ohangda o‘qish. Q.lar ichida islom olamida eng ko‘p tarqalib, 
singab ketgani - Imom Hafs (805 y. v.e.) rivoyati bilan naql qilingan Imom Osim (744 y. 
v.e.) Q.idir. Qur’oni karimning barcha mamlakatlarda qayta-qayta nashr etilayotgan Misr 
nashri (1919, 1923, 1928) aynan mana shu Q.ga asoslangan. Bizning diyorimiz 
musulmonlari o‘rtasida ham qadimdan shu Q. ta’lim berib kelinadi. Qur’onni tajvid 
qoidalariga mos hodda eng yoqimli ohangda Q. qilish bo‘yicha Misr qorilari dunyoda 
birinchi o‘rinda. Q. bilan tilovat o‘rtasidagi farq shuki, Q. ilohiy oyatlar, vahiyni o‘qishga 
ham, inson tomonidan bitilgan yozuv va she’rlarni o‘qishga ham qo‘llanaveradi. Tilovat 
esa, asosan vahiy etilgan oyatlarni o‘qishga ishlatiladi.
 
QOBIL VA HOBIL - Odam (as)ning farzandlari; ularning qissasida ko‘pgina ibrat va 
hikmatlar bo‘lganidan, Qur’oni karimda zikr qilingan. Qobil qalbi xasta, yomonlikka 
moyil, tama’ va gunohga intiluvchi, haq hukmiga unamay sarkashlik qiladigan inson edi. 
Uning ukasi Hobil esa, haqqa bo‘ysunuvchi, solih, taqvoli edi. Q. va H. o‘rtasida paydo 
bo‘lgan ixtilof yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash bo‘lib, Qobil o‘z ukasi Hobilni 
qatl qilishi bilan tugaydi. Ular orasida ixtilof paydo bo‘lishining sababi haqida 2 xil rivoyat 
keltirilgan. 1-rivoyatda aytilishicha, "Hobil qo‘ychilik bilan Qobil esa, dexqonchilik bilan 
mashg‘ul edi. Ulardan har biri o‘zidagi bor narsani Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga jazm 
etadi. Hobil qo‘ylarining ichidan eng yaxshisini qurbonlikka tanladi. Qobil esa, kurbonlik 
uchun sifati eng past bo‘lgan bug‘doydan ajratadi. Ikkalasi ham Alloh uchun atagan 
kurbonligini bir joyga qo‘ydilar. Shunda osmondan o‘t tushib Hobilning atagan 
qurbonligini yedi-yu, Qobilning qurbonliga qoldi. Qobil ukasi Hobilning kurbonligani Alloh 
qabul etib, o‘zining qurbonligani qabul etmagani uchun unga nisbatan hasad qilib, o‘z 
ukasini o‘ldiradi". 
2-rivoyat esa quyidagicha: "Odam (as) har farzand ko‘rganida 1 o‘g‘il va 1 qiz tug‘ilar 
edi. Ilgari tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga 2-vaqtda tug‘ilgan qizni olib berar va shu tarzda 
insonlar ko‘payar edi. Xuddi shunday Q. va H. ham 1 qiz bilan egaz tug‘ildilar. Qobil 
bilan tug‘ilgan qiz nihoyatda chiroyli edi. Odam (as) qoidaga ko‘ra, bu qizni Hobilga 
bermoqchi bo‘ldi. Lekin Qobil bunga ko‘nmay: "Bu mening singlim, o‘zim olaman, Hobil 
ham o‘z singlisini olsin. Bu ishni siz o‘z fikringaz bilan qilyapsiz, Alloh sizni bunga 
buyurgani yo‘q", deb e’tiroz bildirdi. Shunda Odam (as) u ikkoviga qarata: "Siz 
ikkovingiz ham Alloh yo‘lida qurbonlik qilinglar, qaysi biringazni qurbonligangaz qabul 
bo‘lsa, bu qizni o‘shanga berurman", dedi. Alloh osmondan olov tushirdi. Bu olov 
Hobilning qurbonligani yutgach, akasi Qobil uni hasad qilib o‘ldirdi". Bu hakda Moida 
surasi 27-31 oyatida bayon qilingan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin