Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
236
chetlashtirgan. 11-a. oxiri -12-a. boshlarida Iroq va Eronda ularga qarshi shiddatli
kurash boshlangan va Q. harakati bostirilgan. Keyinchalik Q. ismoiliylarning boshqa
oqimlariga qo‘shilib, yo‘qolib ketgan.
QASOS (arab. birovning qilgan ishiga o‘xshash ish qilish. Birov yurib o‘tgan yo‘ldan
izma-iz yurish) - qasddan odam o‘ldirganni ham, o‘zi qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa,
shunday qilib o‘ldirish.
Q. olish islomdan oldingi johiliyat davrida ham bo‘lgan, ammo, ularda adolatsiz ravishda,
tarafkashlik ruhida bo‘lgan. Misol uchun, "Ular bizdan 1 kishini o‘ldirsa, biz ulardan 10
tasini o‘ldirib Q. olamiz, ular bizning qulimizni o‘ldiribdi, biz ulardan hur kishini o‘ddirib
Q. olamiz, ular bizdan ayol kishini o‘ldiribdi, biz ulardan erkak kishini o‘ldirib o‘ch
olamiz", qabilida edi. Qur’onda Alloh taolo Q. olishda adolat bo‘lishini, haddan
oshmaslikni uqtirib: "Ey imon keltirganlar! Sizga o‘ldirilganlar uchun Q. farz qilindi:
hurga-hur,
qulga-qul, ayolga-ayol. Kimga o‘z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas,
yaxshilik ila so‘ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo‘lsin. Bu Robbingazdan yengillik va
rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor", degan (2:178).
Ya’ni, qasddan odam o‘ldirganlardan Q. olish farz qilindi.
Lekin oyati karimaga binoan, odam o‘ldirgan
shaxsni qasos uchun, albatta, o‘ldirish
shart emas, balki o‘likning egalari kechib yuborsa, o‘ldirmay qo‘yib yuborsa, o‘rniga xun
puli olsa ham bo‘ladi. Bunda o‘lik egasi haqqini yaxshilik bilan so‘rashi lozim, aybdor
taraf ham ularning haqqini yaxshilik bilan ado etishi zarur. Q. o‘rniga xun puli olishni
joriy qilish ham Parvardigori Olam tomonidan berilgan yengillik va rahmlilikdir. Q.
olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Q. qalbdagi nafratni qondirish emas,
balki oliy
maqsad - hayot davomiyligi uchun. Q. olish yo‘lga qo‘yilsa, inson hayotini saqlab
qolishda katta ish qilingan bo‘ladi. Chunki, har bir odam boshqa birovni o‘ddirsa, Q.iga
o‘zining ham o‘ldirilishini biladi va hech qachon odam o‘ldirishga qo‘l urmaydi. Bir
kishining hayotiga qasd qilish, umuman, hayotga qasd qilish bilan barobardir. Jinoyatchi
bir kishining hayotiga qasd qilsa, umuman, hayotga qasd qilgan bo‘ladi.
Shuning uchun
buning jinoyati kuchli bo‘lib, Q. olinadi. Q. olish haqidagi hukmning o‘zi jinoyatchini
hushiga keltirib qo‘yadi. Oz sonli qotillardan Q. olish, ko‘plab begunoh kishilarning
hayotini saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: