QIBLA (arab. "qarshi tomonda turgan narsa") - musulmonlar namoz vaqtvda qarab
turadigan tomon. Dastlab Muhammad(sav) va uning tarafdorlari Quddus (Ierusalim)
tomonga qarab namoz o‘qishgan. Hijriy 2-yili (624) Makkadagi Ka’ba (Baytulloh) Qur’on
oyati ila (2; 144) barcha musulmonlar uchun Q. qilib belgilangan. Islomda Q. muqaddas
hisoblanadi. Har bir musulmon qaerda bo‘lmasin, albatta, Q. tomonga qarab namoz
o‘qiydi. Masjidlarda mehrob Q. tomonga qaratib o‘rnatiladi. Islomdagi ko‘p marosimlar
ham, odatda, Q.ga qarab bajariladi. Marhum ko‘milganda ham yuzi Q.ga qaratib
qo‘yiladi. Islom shariati Q. tomonni ulug‘laydi, Q. tomonga oyoklarni uzatib o‘tirish va
yotish odobsizlik hisoblanadi. Bizning O’zbekistonga nisbatan Q. jan.-g‘arb tomonda
bo‘lib, kompas mili G’arb nuqtasidan 14 gradus chap tomonga qaytishi kerak. Q. qaysi
tomondaligani bilolmagan va so‘rashga odam topa olmagan kishi taharriy qiladi, ya’ni
dili tortgan tomonni hech ikkilanmay Q. deb jazm qilib o‘qiy beradi, keyin Q. aniqlansa
ham qayta o‘qimaydi.
QIYOMAT (arab. - o‘liklarning tirilishi, tik turish, o‘rindan turish) - dunyoning tugashi
haqidagi diniy ta’limot. Islomda oxirat aqidasini tashkil etadi. Bu ta’limot Qur’on
suralarida oxirat kunining boshlanishi bilan bog‘liq dahshatli hodisalar, barchaning halok
bo‘lishi, keyin odamlarning tirilishi, o‘rindan turishi, birma-bir so‘roq qilinib, savob va
gunoxlar o‘lchanishi, shunga qarab odamlarni jannatga yoki do‘zaxga kiritilishi, do‘zax
azoblari va jannat rohatlari va sh.k.da batafsil bayon etilgan (yana q. Oxirat).
QIYOS (arab. - taqqoslash) - shariat manbalaridan biri (Qur’on, sunna, ijmo’dan so‘ng
4-si). Q.da dastlabki 2 manba - Qur’on va sunnada berilmagan biror huquqiy masala
ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash yo‘li bilan
sharh etilgan. Mas., araqning shayton ishi ekanligi, urush-janjal, adovat chiqarishi
sababidan, u Qur’oni karimda man etilgan. Arakdan boshqa mast qiluvchi ichimliklar
haqida biror narsa aytilmagan. Lekin mujtahid ulamolar mast qiluvchi ichimliklarning
hammasida ham araq kabi salbiy natijalar bo‘lishini hisobga olib, unga Q. qilganlar va
harom deb hukm chiqarganlar. Q. faqihlar huquqini kengaytirib, shariatni turmushning
turli tomonlariga tatbiq etishga imkoniyat bergan. Shu bilan birga Q. islom dinini zamon
va taraqqiyot ila yonma-yon yurishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Q.ning manba
sifatida kiritilishi shariatning huquq tizimi sifatida shakllanishi va ruhoniylar, faqihlar
mavjud munosabatlarni himoya qilishdagi mavqeining oshishidan dalolat berar edi.
Islom huquqshunosligida hozirda ham Q.ga amal qilinadi.