Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
QORI (arab. - o‘quvchi) - Qur’onning barcha suralarini yod olgan va qiroat bilan 
o‘qiydigan kishi. Q.larni tayyorlaydigan maktablar (qorixonalar) musulmon 
mamlakatlarda keng tarqalgan. 
QORIXONA - qorilar tayyorlanadigan diniy o‘quv yurti. Dastlab arab mamlakatlarida, 
keyinchalik O’rta Osiyoda paydo bo‘lgan. Qlar odatda eski maktablar qoshida va katta 
mozorlar yonida ochilgan. Q.ga eski maktabni tugatgan 10 yoshdan katta o‘g‘il bolalar 
qabul qilingan. Q.lar xususiy bo‘lib, domlalar daromadi bolalar hisobiga bo‘lgan. Q.da 
bolalar 3-4 yil o‘qitilgan. O’qish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom 
etgan. Diniy bayram kunlari mashg‘ulotlar to‘xtatilgan. Q.da, asosan, Qur’oni karim 
suralari yodlatilgan. Qur’onni yod olgan bola Q.ni tugatgan hisoblangan. O’rta Osiyoda, 
ayniqsa, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qonda Q.lar ko‘p bo‘lgan. 
 
QOSHONIY (yoki al-Qoshiy), Kamoliddin Abdurazzoq ibn Ahmad ('? - 1329) - yirik 
mutasavvif va sharxlovchi. Uning tarjimai holiga oid ma’lumotlar oz. Qoshonda tug‘ilib 
o‘sgan. Nuriddin Abdusamadning shogirdi, Ibn Arabiy va uning vahdati vujud 
ta’limotining ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Mana shu asosda u vahdat ash-shuhud ta’limoti 
asoschisi va Ibn Arabiyning tanqidchisi Alo ud-davla Simnoniy (1336 y. v.e.) bilan 
yozma munozaraga kirishgan va unda, Jomiyning so‘zlariga qaraganda, g‘olib chiqqan. 
Ibn Arabiy, Ansoriy, Ibn al-Faridning tasavvufga oid asarlariga sharh yozgan. Q.ning 
mustaqil asarlari jumlasiga Qur’onga yozilgan kamida 2 sharh, "Latoif al a’lom", "Risola 
fi-l-qada va l-qadar", so’fiylikka doir terminlarning mashhur lug‘ati "Istilohot as-so’fiya" 
va b.ni kiritish mumkin. Ibn Arabiyning ko‘plab g‘oyalari Q.ning mohirona sharxlari 
tufayli keyinga avlod so’fiylariga yetib kelib, keng tarqalgan.
QO’IM - shialik aqidasiga ko‘ra, g‘ayriqonuniy hokimiyatga qarshi ko‘tarilib (qo’im) yer 
yuzida adolat o‘rnatish uchun kelishi kutilayotgan "Payg‘ambar oilasi" a’zosi (Oli 
Muhammad)ni anglatuvchi atama. Mahdiylik g‘oyalari shialik muhitida islomning butun 
tarixi mobaynida rivojlanib va singdirib kelindi. Q. haqidagi tasavvur 8-a. boshida 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin