Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
227
O.t. tafsir, hadis, fiqh, adabiyot va ilmning boshqa sohalariga oid asarlar muallifi va
tarjimonidir. U Qur’oni karimni zamonaviy o‘zbek tiliga ilk bor tarjima qilib, tafsir yozdi.
Bu
kitob Hindiston, Pokiston va Saudiya Arabistonida qayta-qayta chop etilgan.
Shuningdek, olim Qur’onning ayrim suralarini ham tarjima va tafsirlari bilan alohida
holda nashr qildirgan. Imom an-Navaviyning Payg‘ambar hadislariga bag‘ishlangan
"Riyoz us-solihiyn" nomli 4 jildli asarini, Imomi A’zamning "Fiqh al-akbar", "Nur ul-
basar", "Aqoid islomiya", "Hizb al-A’zam" kabi kitoblarini arabchadan o‘zbek tiliga o‘girdi.
O’zbek, arab, fors, urdu tillarida diniy ma’rifiy mazmunda risolalar,
tasniflar, ruboiylar
yozdi. O.t. tomonidan at-Termiziy qalamiga mansub "Kitob ash-shamoil an-Nabaviya"
asarining o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi so‘nggi yillarda Toshkentda arab va hozirgi
o‘zbek imlosida qayta-qayta nashr etildi.
OMIN (arab., somiycha - qabul et, ijobat qil) - islom, yahudiy
va masihiy dinlarida
dindorlar o‘rtasida "qabul etsin", "ijobat bo‘lsin" ma’nosida ishlatiladigan so‘z. Qur’oni
karimdagi Fotiha surasi tilovat qilib bo‘lingach, o‘qigan va eshitganlar "O." deb qo‘yish
lozimliga haqida hadisi sharifda ko‘rsatma berilgan. Lekin uni imom qiroati jahriy bo‘lgan
namozda baland ovoz (jahr) bilan yoki o‘z ichida (xufya) aytish kerakliga to‘g‘risida
ulamolar turli ijtihod qilganlar. Hanafiylik mazhabiga ko‘ra, "O." so‘zini xufya aytish
sunnat. Muhammad (as) va sahobalari uni baland ovoz bilan aytganlari xususida kelgan
hadislarga Abu Hanifa va hanafiylik mazhabi ulamolari aniklik kiritib, shunday dalil
keltiradilar: "Duo
va iltijolar aslida xufya, ya’ni past ovozda aytilishi lozim (A’rof surasi,
55-oyat). Shu bilan birga O.ni namozda xufya aytilgani haqida hadislar ham bor. O.ni
oshkora aytish kerak deganlar keltirgan hadislar Payg‘ambar (sav)ning aytganlari
haqidadir. U kishi esa, imom bo‘lgan hollarida aytganlar.
Dostları ilə paylaş: