Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
NAZZOM, Abu Ishoq Ibrohim ibn Sayyor (? -835-36 yoki 845) - mu’taziliylarning Basra 
maktabi mashhur namoyandasi; uning izdoshlari o‘zlarini an-nazzomiya (nazzomiylar) 
deb atashgan. N.ning asarlari saqlanmagan, uning qarashlari shogirdi al-Johiz asarlarida 
keltirib o‘tilgan. N.ning fikricha, barcha narsalar bir paytda yaratilgan (jumlatan); jismlar 
cheksizlikkacha bo‘linadi, shuningdek, harakatdagi jism bir yerdan ikkinchi yerga, 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
218
o‘rtadagi masofani chetlab sakrashi (tafra) haqida; hissiy qabul qilinadigan sifatlarning 
jismga egaliga; jismlarning o‘zaro birikishi (mudoxala) haqidagi qarashlari ma’lum. 
Johizning guvohlik berishicha, N. va uning izdoshlari "itlar va xo‘rozlar ustida olib 
boriladigan tajribani namoz va Qur’on o‘qishdan..., haj va jihoddan afzal ko‘rishgan", 
"choryorlar"ni qoralaganlar, mashhur muhaddislar Abu Hurayra va Abdulloh ibn 
Mas’udlarni soxta hadis aytganlikda ayblaganlar. 
 
NAZR (arab. - so‘z berish, va’da qilish, kuchayish) - islom fiqhida biror savobli ishni 
bajarishga ahd qilish va uni og‘zaki yoki yozma ravishda ifoda etish (mas., falon ishimni 
bitirsam yoki sogayib ketsam, Alloh yo‘liga bir qo‘y so‘yib, qurbonlik qilaman kabi). 
Islomda N.ga tashviqot yo‘q. Ammo, N. qilgan odam uni bajarishi shart hisoblanadi. 
Agar bajarmasa bir vojib amalni tark etgan hisoblanib, or gunohkor bo‘ladi. Keyinchalik 
xalq o‘rtasida N. so‘zi xayr, sadaqa, ehson qilish ma’nolarida ham ishlatila boshlagan 
(mas., masjid, mozor yoki tilanchiga N. berish kabi). Islomga ko‘ra, N. imkoni bor kishi 
uchun vojib. Moddiy yoki jismoniy jihatdan bajarishga qodir bo‘lmagan odam N. 
qilmasligi lozim. 
NAMOZ (fors., arab. - salot) - islom ko‘rsatmalari bo‘yicha bajariladigan maxsus ibodat 
turi; islomdagi besh rukndan biri. N. musulmonlarga me’roj kechasi (q. Isro va me’roj) 
farz qilingan birinchi ibodatdir. Bir kecha-kunduzda besh mahal (bomdod, peshin, asr, 
shom, xufton) N. o‘qish farz hisoblanadi. N. o‘qish "Allohu akbar" deb takbir aytish bilan 
boshlanib, sano, Qur’on oyatlaridan tilovat qilish, tasbeh va duolar o‘qish, ruku’, sajda, 
tiz cho‘kib o‘tirish, salom berish kabilar bilan yakunlanadi. N.da bajariladigan barcha 
amallar birlashtirilib, yozma holda Muhammad Shayboniy (805 y.v.e.) tomonidan qayd 
etilgunga qadar, N. o‘qish tartibini bir xillikka keltirish ustida o‘tgan 150 yil mobaynida 
sa’y-harakatlar qilingan. Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda N.ning ahamiyati, fazilatlari 
haqida gapirilib, uni mukammal ado etishga tashviqot qilinadi. N.o‘qish uchun 
namozxonning badan va kiyimlari hamda o‘qish joyi pok bo‘lishi shart. N. Makkadagi 
Ka’ba ibodatxonasiga qarab o‘qiladi. Uni o‘qishda maxsus to‘shama -joynamozdan 
foydalaniladi. N.ni kishi bir o‘zi yoki jamoa bo‘lib o‘qishi mumkin, lekin juma kunidagi 
juma N.ini masjidda o‘qish tavsiya etiladi. Jamoa bo‘lib N. o‘qiganda namozxonlar qator 
turadi, ulardan biri (odatda imom, lekin u ishtirok etishi shart emas) imomlikka o‘tadi. 
N. paytida gapirish, yeyish, ichish, kulish, dunyo ishi bilan yig‘lash, yo‘talish, turli 
harakatlar qilish va b. mumkin emas. Kasal va nogaronlar N.ni o‘zlariga kulay holatda 
o‘qiydilar. 
Islomdagi mazhablar ko‘rsatmalarida N. o‘qish qoidalarining bir-biridan fark qiladigan 
jihatlari bor. O’zbekistonda N. asosan hanafiylik mazhabiga muvofiq o‘qiladi. 
Mamlakatimizda N. o‘qish uchun barcha qulayliklar mavjud bo‘lgan ikki mingga yaqin 
masjid faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin