Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
215
- N -
NABIY (arab. - ko‘pligi anbiyo, ilohiy xabar keltiruvchi) - payg‘ambar,
Allohning
farmoyishini insonlarga yetkazib beruvchi vositachi shaxs. N.larga ishonish islom dini
aqidalaridan biri hisoblanadi. O’zlariga maxsus
kitob va shariat berilmay, bir rasulga
(ya’ni Alloh elchisiga) ato etilgan kitob va shariatga
amal qilmoqqa buyurilgan
payg‘ambarlar N.lar deyiladi. Nlarning hech biri rasul bo‘la olmaydi, ammo rasullarning
har biri N. nomi bilan ham ataladi. Allohdan vahiy olib turuvchi shaxs Qur’onda
Muhammad (sav)ning rasul (elchi) degan ismi bilan bir qatorda
eng asosiy sifatlaridan
(nomlanishlaridan) biri. Qur’onda, shuningdek, undan avval o‘tgan qad. payg‘ambarlar,
jumladan, birinchi payg‘ambar Odamato haqida ko‘p zikr qilingan. Muhammad (sav) esa,
eng oxirgisi bo‘lib, "hotam an-nabiyin" - "payg‘ambarlar muhri" deb ataladilar.
Qad. payg‘ambarlar Allohga imon keltirishga chaqirganlar hamda Muhammad (sav)ning
dunyoga kelishlarini bashorat qilganlar. Rivoyatlarga ko‘ra, ularning soni 124 ming.
Biroq, Qur’onda 25 tasining nomi zikr qilingan. Ulardan ko‘pining qo‘shimcha nisbalari
bor. Mas., Ibrohim (as) Xalilulloh (Allohning do‘sti), Iso Ruhulloh (Allohning ruhi),
Muhammad Rasululloh va h.k. To‘qqizta payg‘ambar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Ular
Nuh, Ibrohim, Dovud, Yaqub, Yusuf, Ayyub, Muso, Iso, Muhammad.
Ulardan bir
nechasiga muqaddas kitoblar: Musoga Tavrot, Dovudga Zabur, Isoga Injil,
Muhammad
(sav)ga Qur’on nozil qilingan.
Dostları ilə paylaş: