www.ziyouz.com kutubxonasi
216
sa’y-harakatlar qildi. Hirotdagi Jome masjidi va uning huzuridagi madrasa, "Xalosiya"
xonaqosiga, Astrobod, Mashhad, Marv singari chekka o‘lkalardagi qurilishlarga ham
mablag‘larini ayamadi. O’z jamg‘armasidan 4 ta katta madrasa, 25 dan ortiq masjid va
xonaqoh, 50 dan ortiq rabot va h.k. kurdirdi. N.ning elga inoyat va marhamati ro‘za
oyida, hayit kunlarida ayniqsa beqiyos bo‘lar edi. Shoir "Vaqfiya" asarida bu jarayonni
deyarli qonunlashtirib qo‘ygan. Keyingi yillarda N. asarlarini tadqiq qilish va nashr
etishda yangi bosqich boshlandi. Uning ijodiga tasavvufning ta’siri, asarlarida so’fiylik
g‘oyalarining badiiy talqini masalalarini o‘rganishga kirishildi.
NAVRO’Z - Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining kad., an’anaviy Yangi yil
bayrami. Tarixiy manbalarda N. katta bayram sifatida Ahomaniylar davridan nishonlab
kelinadi. Abulqosim Firdavsiy "Shohnoma' asarida N. bayramining urfga aylanishini qad.
pahlaviy kitoblaridagi ma’lumotlarga asoslanib Eron eposining qahramoni shoh
Jamshidga bog‘laydi. Markaziy Osiyo, Eron va Afg‘onistonga islom dini tarqalgach, bu
o‘lkalarda N.ni bayram qilish avvalgidek tantanali bo‘lmasa-da, ammo butunlay yo‘qolib
ham ketmadi. Markaziy Osiyo va Eron xalqlari 9-10-a.larda arab xalifaligi asoratidan
kutulgach, N.ni bayram qilish yana umumxalq bayramiga aylanib rasmiylashdi. Bayram
kuni mahbuslar ham ozod qilingan. Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit-turk"
asarida ham bahor va N.ga bagishlangan xalq qo‘shiqlaridan namunalar keltirilgan
Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida hayotiy va diniy bayramlarning
kelib chiqishi haqida yozgan. N. bayrami yangi yil birinchi oyi - hamalning birinchi kuni,
mil. yil hisobi bilan har yili 21 mart kuni nishonlab kelinadi. N. bayrami bahor oyiga - q.
x. ishlarining boshlanishiga to‘g‘ri kelgan. N.ning birinchi va OLTINCHI kunlari nihoyatda
tantanali o‘tkazilgan. N. bayrami 80-y.lar o‘rtalarida asossi; ravishda diniy bayram va
marosimlar qatorida man qilindi. Keyinroq bu bayram boshqa qadriyatlar qatorida
tiklandi. Xoz. N respublikada umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanadi va dam
olish kuni deb e’lon qilingan.