Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
219
yovuzlikdan qaytib, ezgulikka moyil bo‘ladi. N.d. yoki oxiratni inkor etish islomda
shakkoklik hisoblanib, imonidan mahrum bo‘lishiga olib keladi.
NASAFIY, Abu Hafs Najmiddin Umar ibn Muhammad (1069-1142) - tarixchi, faqih,
tilshunos,
muhaddis, mufassir olim. Uning musulmon qonunshunosligaga doir
"Manzumatun Nasafiya fil-xilofiyut" ("Kelishmovchiliklar borasida Nasafiyning nazmiy
asari"), "Aqoyid un-Nasafiya" ("Islom aqidalari Nasafiy tazminida"), shariat
qonunlari va
Qur’oni karim sharhiga doir "Al-yavoqit fil-mavoqit" ("Qulay vaqtlar xususida yoqutlar"),
3 kitobdan iborat (100 bosma taboq hajmida) "Taysir fit-tafsir" ("Tafsir etishdagi
qulayliklar"), shuningdek, tasavvufga doir "Risomayi Najmiya"
kitobi bizgacha yetib
kelgan bo‘lib, ular yetarli tadqiq etilmagan. Musulmon olamida Abu Hafs Nasafiy
asarlariga qiziklsh qadimdan katta bo‘lgan. Uning "Manzumatun-Nasafiya" asariga
zamondoshi Alovuddin Abulmujohid Muhammad Samarqandiy (vafoti 1157 y.) "Xasrul
masoyil va kasrud-daloyil" ("Masalalarning cheklangani va dalillar kasri") deb,
nomlangan tafsir bitgan. Sohibqiron Amir Temur davri olimlaridan Sa’duddin Mas’ud ibn
Umar Taftazoniy (vafoti 1390) N. asarlariga "Sharhi aqoyid un-Nasafiya"
nomli tafsir
yozgan. N.ning "Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand" ["Samarqand ulamolari xotirasiga
doir qand(dek shirin kitob)"] nomli asari, asosan, samarqandlik mashhur kishilar hayoti
va faoliyati hamda ular rivoyat qilgan hadislarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda
Movarounnahr tarixi, geogr., toponimikasi hamda Islom tarixiga doir muhim ma’lumotlar
mavjud. Asarga kiritilgan mashhur shaxslar tarjimai holi
arab alifbosi tartibida
joylashtirilgan bo‘lib, uning bizgacha to‘liq yetib kelmagan qo‘lyozma nusxasining
"xo"dan "kof" harflarigacha bo‘lgan qismigina saqlanib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, bu
asar mustaqil yurtimiz o‘tmishiga doir bo‘lak manbalarda uchramaydigan ma’lumotlarga
ega ekanligi boisidan nihoyatda muhimdir. O’zbekiston Milliy entsiklopediyasi Davlat
ilmiy nashriyoti N.ning ushbu asarini "Samarqandiya" nomi ostida chop etgan (2001).
Dostları ilə paylaş: