Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə269/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
NASAFIY, imom Abul Barakot Abdulloh ibn Ahmad ibn Mahmud an-Nasafiy (? - 1310) - 
imom, fiqhshunos, muhaddis. Ustozi Muhammad ibn Abdusattor al-Kardariy bo‘lgan. N. 
fiqhga doir ko‘plab asarlar yozgan. Olimning "Kanz ud-daqoiq" asari ayniqsa, mashhur. 
Musulmon huquqshunosligi asoslari, hanafiylik va shofi’iylik mazhablarining o‘ziga xos 
jihatlari haqidagi bu risola Nasrulloh ibn Muhammad ibn Jammod al-Irdi Kermoniy 
tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. N.ning "Madorikat-tanzil" tafsir kitobi ham 
mashhur. Uni ta’lif etishda imom Zamaxshariyning "Kashshof" tafsiridan istifoda qilgan. 
N. tafsiri hoz.gacha ulamolar va ilmi toliblar o‘rtasida shuhrat topib kelmoqda va undan 
islom o‘quv yurtlarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda. N. hayotining so‘nggi yillarida 
Bag‘dodda mudarrislik qilgan va o‘sha erda vafot etgan. N. asarlari O’zRFA 
Sharqshunoslik in-tining qo‘lyozmalar jamg‘armasida saqlanmoqda. 
 
NASORO (arab. - nasroniy so‘zining ko‘pligi; masihiylar, xristianlar). Qur’oni karimda 
Iso payg‘ambarga ergashgan dindorlar shu nom bilan atalgan. Bu so‘zning kelib 
chiqishiga sabab - Iso Masih Nosira nomli shaharda tug‘ilgan bo‘lib, uni Nosiriy deb atar 
edilar. Unga ergashgan kishini esa, nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni 
ilohiylashtirganlari uchun islom dini nuqtai nazarida shirk axlidan hisoblanadilar. Zero, 
islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish hatto o‘xshatish mumkin emas. N. 
esa, Iso payg‘ambarni uchta muqaddas kuch -iloxlardan biri deb e’tiqod qiladi. Shuning 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
uchun ham Qur’oni karimning ko‘pdan-ko‘p oyatlarida N. haqida batafsil to‘xtab o‘tiladi 
va Muhammad (sav)ni e’tirof etishga da’vat qilinadi. 
 
NASX (arab. - bekor qilish) - Qur’on oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini 
o‘zgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi 
oyat - "mansux", uni bekor qiluvchi oyat -"nosix" deb ataladi. Islom tarixiga ko‘ra, 
Qur’on oyatlari yaxlit emas, balki vaqti-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga ko‘ra 23 y. 
mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar 
ko‘rsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun ba’zi oyatlar mazmuni bir-biriga zid 
tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan bo‘lsa, o‘shanisi nosix, 
oldin nozil qilingani esa, mansuxdir. "Baqara" surasining 106-oyatiga yozilgan tafsirlarda 
N. haqida mufassal ma’lumotlar berilgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin