www.ziyouz.com kutubxonasi
211
asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning "Shamoili nabaviya", Muhammad
Busiriyning "Qasidai burda", Abu Ja’far Barzanjiyning "Mavlidin-Nabiy", Muhammad ibn
Solihning "Muhammadiya", Mavlono Mu’inning "Siyari sharif", Akbarobodiyning "Nodirul-
me’roj", Sayyid Mahmud Taroziyning "Shirin kalom", "Nurul kalom", "Nurul-basar" va b.
ko‘plab mualliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning
"Shamoili nabaviya" kitobi ular ichida kadimiyligi va rivoyatlarining sahixdigi bilan ajralib
turadi. Unda M.(sav)ning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil ta’rif berilgan.
Mas., ikki kiftlari o‘rtasida "Muhammadun-Rasululloh" deya bitilgan muhri nubuvvatlari
bo‘lgani, soch-soqollarining oku qorasi nechta bo‘lganidan tortib, kiyim-kechaqlari, oyoq
kiyimlari, taqqan uzuklari, qilich-qalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan
taomlari, ovqatdan oldin va keyin o‘qigan duolari, suv ichishlari, xushbo‘y narsalarni
iste’mol qilishlari, so‘zlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari,
musiqa va she’riyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari,
yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari,
umrlarining mikdori, xastalik va vafotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari to‘g‘risida
alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari to‘g‘risida
jumladan shunday naql qilinadi: "Ul zotning bo‘ylari unchalik novcha ham, past ham
emas, bosh, qo‘l, oyoq va kiftlari yo‘g‘on, yuzlari qizg‘ish, ko‘zlari katga, oqi juda oq,
qorasi o‘ta qora, o‘tkir, sochlari quloqlarining yumshoqdarigacha yopib, yelkalariga
tegib-tegmay turar, bo‘yinlari sochlari orasidan tovlanib, go‘yo kumush ko‘zadek ko‘rinib
turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hvd taralar, biror kishiga qayrilib
qaramoqchi bo‘lsalar boshlarinigana burib qaramay, balki butun gavdalari bilan o‘girilib
qarar edilar. Old tomonlarini qanday ko‘rsalar, orqa tomonlarini ham shunday ko‘rar
edilar. M.(sav)ning soyalari yer uzra namoyon bo‘lmas edi.
Dostları ilə paylaş: |