MUROBITLAR (arab. - rabotda yashovchilar) Shim. Afrikadagi zohid, darvishlarning
harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11-12-a.larda M. Marokashni zabt etgan va Al-
Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyo, yo‘lboshchilarini
yoxud darvish jamoalarining tashkilotchilarini ham M. deb atashgan.
MURTAD (arab. - orqaga qaytgan, chekingan) islom tarixida dindan qaytgan, undan voz
kechgan, chekingan odam. Bunday odamlar eng katta gunox (q. Kabira) qilgan
hisoblanib, o‘limga hukm qilingan.
MURSHID (arab. - yo‘l ko‘rsatuvchi) -tasavvufda tariqat odoblaridan saboq beruvchi
pir, shayx va ustoz.
MUSAYLAMA (asl ismi Maslama: 633 y. v.e.) - Arabiston ya.o.da Muhammad (sav)
vafotlaridan so‘ng, payg‘ambarlikni da’vo qilganlardan biri, Yamoma vohasida yashagan
Bani Hanifa qabilasining diniy rahnamosi. Xalifa Abu Bakr (ra) davrida u mutanabbiylar
(soxta payg‘ambarlar) safiga kiritilgan va musulmonlarning bu qabilaga qarshi jangada
halok bo‘lgan. Musulmonlarga qarshi kurashgani uchun keyingi davr diniy adabiyotida
uni kamsitish maqsadida M. (Maslama ismining arabcha kichraytirilgan shakli) deb
atalgan.
MUSALLO (arab. - namoz o‘qish joyi; fors. - namozgoh) - 1) dastlab, masjid so‘zining
sinonimi, so‘ngra ro‘za va kurbon hayitlarida namoz o‘qiladigan joy. Bu joy shahardan
tashqaridagi ochiq maydon bo‘lib, hayit kuni minbarni ham olib chiqishgan. M. O’rta
Osiyo (Buxoro)da 20-a.ning boshigacha mavjud bo‘lgan. 2) Joynamoz, sathi tiz cho‘kib,
sajda qilish va M.ga burun va peshonani tekkizish uchun etarli bo‘lishi shart. Qiblaga
qaratiladigan tomoniga mehrob tasviri ip yoki ipak bilan tikilgan bo‘ladi. Ammo namoz
o‘qish uchun albatga M. bo‘lishi shart emas, uning o‘rnida kiyim-kechak, hatto daraxt
barsharini ham ishlatish mumkin, toza-pokiza joy bo‘lsa, kifoya.