Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
192
uchdan biridan mahrum etish mumkin. Marhumning M. olish huquqiga ega bo‘lgan
qarindoshlari uch toifaga bo‘linadi: a) 1-darajadagi eng yaqin qarindoshlar: ota-onasi,
xotinlari, farzandlari; b) 2-darajadagi qarindoshlar: bobolar va buvilar,
aka-uka va opa-
singillar, nabiralar; v) 3-darajadagi qarindoshlar: amaki, tog‘a va amma-xolalar,
ammavachcha, amakivachcha, xolavachchalar. Bunda qondosh va o‘gay
qarindoshlar
o‘zaro teng huquqqa ega, boqib olingan bolalar qondoshlar bilan teng deb belgilanadi. 2-
darajadagi qarindoshlar 1-darajadagi qarindoshlar yo‘q bo‘lsa, M.ga ega bo‘lishlari
mumkin, 3-darajadagi qarindoshlar agarda 1- va 2-darajadaga qarindoshlar yo‘q bo‘lsa,
M.ga ega chiqishlari mumkin.
M. taqsimlanish paytida, bu jarayon boshlanishidan avval vafot etgan shaxsning
mulkidan
u ijaraga olgan, shartnomaga ko‘ra uning ixtiyorida bo‘lgan barcha narsalar
ajratib qo‘yiladi, qarzlar to‘lanadi, xotinlarga mahr ajratiladi, xo‘jayini vafot etgach, ozod
qilinishga va’da berilgan qullar ozod etiladi. So‘ngra barcha qolgan
mol-mulk baholanadi
va undan vasiyat bo‘yicha mahrum etilgan qism ajratiladi; faqat shundan so‘nggina u
merosxo‘rlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: