Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
190
to‘silgan joy. Uni joriy qilishni Muoviya (661-680) bilan bog‘laydilar, u hayit namozlarida
tiqilinch paytida sodir etiladigan suiqasdlardan o‘zini saqlamoqchi bo‘lgan; 7-a. oxiri - 8-
a. boshida M. eng yirik noibliklar markazlarida paydo bo‘lgan, so‘nfa yirik ma’muriy
markazlardagi barcha jome’ masjidlariga tarqalgan. Asta-sekin bu istilohni qo‘llash ham
o‘zgargan, M. deb masjiddagi har qanday to‘silgan, ajratib qo‘yilgan joy, mas.,
ayollar
namoz o‘qiydigan panjarali ayvon yoxud xazina saqlanadigan ravon (pavilon) atala
boshlangan. Zamonaviy masjidlarda odatda M. yo‘q.
MAHDIY (arab. - Alloh tomonidan to‘g‘ri yo‘lga yetaklanuvchi) - islomda zamona oxir
bo‘lganda yerga qaytib kelib adolat o‘rnatadi, deb tasavvur etiladigan payg‘ambar.
Shialikda M.ga e’tiqod qilish katta o‘rin egallagan.
MAHDIYLIK - zamona oxir bo‘lishi va Imom Mahdiyning kelishi haqidagi diniy ta’limot.
Zamona oxir bo‘lganda "yashiringan imom" yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o‘rnatadi,
degan e’tiqod dastlab shialar o‘rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga
ham o‘tgan. Islom mamlakatlarida M. g‘oyalaridan ayrim davlatga
qarshi harakatlarning
rahnamolari ham foydalangan. Mas., Eronda bobiylar qo‘zgolonining boshlig‘i Ali
Muhammad (q. Bob) va 1881 y.da Sudanda dehqonlar va ko‘chmanchilarning isyoniga
rahbarlik qilgan Muhammad ibn Axmad (1848-85) va b. o‘zlarini al-Maadiy deb e’lon
qilgan.
MAHMAL (mihmal, mahmil) - keng ma’noda tuyaning ustiga o‘rnatilgan taxtiravon;
unda boy sayyoxdar, odatda ayollar olib yurilgan. M.
ash-sharif, yoki oddiy M. –
hashamatli bezatilgan bo‘sh taxtiravon, muqaddas shaharlar Makka va Madina (al-
Xaramayn) ustidan siyosiy homiylik ramzi. 1266 y.dan va tanaffuslar bilan 1952 y.gacha
bir qator musulmon davlatlari (Misr, Iroq, Suriya, Yaman) Makkaga hajga
yuborilayotgan asosiy hojilar karvoni qatorida M.ni ham qo‘shib jo‘natganlar.
Bu an’ananing paydo bo‘lishi mamluk sultoni Beybars (1260-1277)ning Bag‘dodni
mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinganidan so‘ng (1258) xalifaning ayrim imtiyozlariga
merosxo‘r bo‘lishi, Misr va Yaman bilan raqobatda (1258-1282) kisva jo‘natish
huquqini
qo‘lga kiritishga intilishi bilan bog‘liq. Bu amaliyotga rioya etish, u yoki bu mamlakat
tomonidan Makkaga M. jo‘natishdan bosh tortish davlatning qudrati yoki siyosiy
obro‘sining
oshgani yoki zaiflashganini, musulmon hukmdorlariningo‘zaro raqobatini aks
etgirgan. An’ana bir necha bor vahhobiylarning qarshiligi tufayli to‘xtab qolgan.
Musulmon xalqlari orasida M. - haj marosimlarini bajarishni ifodalovchi eng muqaddas
ramzdir. M. alohida tuya yoki maxsus vagonda tashilib karvonning markazi bo‘lib xizmat
qilgan. M.ni Makkaga jo‘natish, u yerda uni shaharning ko‘zga ko‘rinarli yeriga, so‘ngra
uni Arafot tog‘i etagiga o‘rnatish, M.ni xojilar karvoni bilan qaytib
kelishi xalq bayramiga
aylanib ketgan. M. - baraka keltiruvchi deb hisoblangan. M. jo‘natish amaliyoti bekor
qilingandan keyin u bilan bog‘liq udumlar xotiradan o‘chib bormoqda.
MAHR (turkcha mehr; sinonimi sadoq) - teng huquqli nikoh (zavoj) tuzilgan paytda
xotiniga ajratib beradigan mulk. M. to‘lash - shunday nikohning asosiy sharti bo‘lib,
nikoh munosabatlari uchun xotinga to‘lanadigan haq sifatida qaraladi. M. faqat xotinga
tegashli bo‘lib, xotinning eri vafot etsa yoxud eri taloq etib beva qolgudek bo‘lsa, uni